Antiferromagnetizm
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. (2024-10) |
Antiferromagnetizm — kristall moddalar (antiferromagnetiklar)ning magnit holatlaridan biri; bunda kristall panjaraning qoʻshni tugunlaridagi atom (ion) larning magnit momentlari antiparallel (bir-biriga qarama-qarshi) yoʻnalgan, shuning uchun moddaning magnitlanishi umuman kam boʻladi. Antiferromagnetizm tashqi magnit maydon yoʻqligida va temperatura uncha yuqori boʻlmaganda yuz beradi. Ferromagnetizmdan farqli ravishda tashqi maydon yoʻqligida antiferromagnetikning qoʻshni elementar magnetiklari oʻzaro muvozanatlashadi va natijaviy magnetizm nolga teng boʻladi. Antiferromagnetik tashqi maydonga joylashtirilgandagina natijaviy maydon noldan farqli boʻlishi mumkin.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |