Antifa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Antifashistik timsol

Antifa (antifashizmdan qisqartma) — fashizm bilan kurashni oʻzining maqsadi qilib olgan xalqaro harakat. Millatchilik va irqchilik bilan kurashuvchi soʻl, soʻl radikal, avtonom partiyalar va ijtimoiy tashkilotlarni birlashtiradi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Antifashistik harakat" termini birinchi marta Italiyada paydo boʻlgan va Mussoliniga qarshilarni belgilashga ishlatilgan. Olmoniyada 1923-yildan boshlab "Antifashistik harakat" (nemischa: Antifaschistische Aktion) mavjud edi. Uning ishtirokchilari Olmoniyaning kommunistik, keyinroq esa sotsialistik partiyalaridan kelib, ular inqilobiy maqsadga ega boʻlmaganlar, balki Veymar respublikasining ideallari uchun kurashganlar. Adolf Hitlerning hukumat tepasiga kelishidan keyin, termin iste'moldan chiqadi va faqat ba'zan kommunistik qarshilikni ifodalash uchun ishlatiladi.

Olmoniyada 1923-yildan boshlab "Antifashistik harakat" (nemischa: Antifaschistische Aktion) mavjud edi. Uning ishtirokchilari Olmoniyaning kommunistik, keyinroq esa sotsialistik partiyalaridan kelib, ular inqilobiy maqsadga ega boʻlmaganlar, balki Veymar respublikasining ideallari uchun kurashganlar. Adolf Hitlerning hukumat tepasiga kelishidan keyin, termin iste'moldan chiqadi va faqat ba'zan kommunistik qarshilikni ifodalash uchun ishlatiladi.

1920-1940-yillarda Sovet Ittifoqi tashkilotlarining tavsifida "antifa" terminini ishlatgan turli xil davlatlarning antifashistik harakatlarini qoʻllagan.

Ulugʻ vatan urushi paytida qoʻlga olingan koʻpchilik harbiy asirlar antifashistlar uchun mahsus kurslardan oʻtishgan. Masalan vengriyalik harbiy asir Pal Maleter Kievda antifashistik ta'lim oladi va kommunistga aylanadi.

Zamonaviy Antifa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Antifa graffiti
Antifa demonstratsiyasi, Shveytsariya

Bugungi kunda Antifa termini fashistik tendensiyalarga qarshi kurashuvchi shaxslar yoki guruhlarni ifodalaydi. Har xil guruhlar bunga irqchilik, millatchilik (neomillatchilik), antisemitizm va ba'zan kapitalizmni kiritishadi. Bunday guruhlarning tarmoqlari mavjud; ammo harakatning oʻzi bir xilda emas - guruh va shaxsdan kelib chiqqan holda soʻnggi maqsadlar har xil boʻlishi mumkin.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]