Ante Budimir
![]() Budimir FC St. Pauli 2015-yilda | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ante Budimir[1] | ||
Tavallud sanasi | 22-iyul 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Zenica, SR Bosniya va Gersegovina, Yugoslaviya | ||
Boʻyi | 1.90 m | ||
Ampluasi | Striker | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Osasuna | ||
Raqami | 17 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1998—2008[2] | Radnik Velika Gorica | ||
2008 | LASK | ||
2008—2009 | Radnik Velika Gorica | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009—2010 | HNK Gorica | 22 | (6) |
2011—2013 | Inter Zaprešić | 66 | (18) |
2013—2014 | Lokomotiva Zagreb | 30 | (17) |
2014—2016 | FC St. Pauli | 19 | (0) |
2015—2016 | → Crotone | 40 | (16) |
2016—2018 | Sampdoria | 11 | (0) |
2017—2018 | → Crotone | 22 | (6) |
2018—2019 | Crotone | 17 | (3) |
2019 | → Mallorca | 18 | (5) |
2019—2021 | Mallorca | 36 | (13) |
2020—2021 | → Osasuna | 30 | (11) |
2021— | Osasuna | 128 | (53) |
Milliy terma jamoa | |||
2005 | Xorvatiya U15 | 1 | (0) |
2012 | Xorvatiya U21 | 2 | (0) |
2020— | Xorvatiya | 30 | (4) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 15-may uchun) |
Ante Budimir (xorvatcha: Ante Budimir; 1991-yil 22-iyul, Zenica) – xorvat futbolchisi, Ispaniyaning „Osasuna“ klubi va Xorvatiya milliy terma jamoasining hujumchisi. U ikkita Yevropa chempionati (2020 va 2024) hamda 2022-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil avgust oyida Budimir Germaniyaning 2-Bundesligasidagi „Sankt-Pauli“ klubiga qoʻshildi va u bilan 2018-yilgacha toʻrt yillik shartnoma imzoladi. „Sankt-Pauli“ futbolchi uchun 900 ming yevro toʻlagan[3]. Budimir „Sankt-Pauli“ libosida 20 ta oʻyinda atigi 1 ta gol urdi.
2015-yilning 1-sentyabrida Budimir Italiyaning „Krotone“ klubiga ijaraga berildi va u yerda bir mavsum oʻtkazdi[4]. Uning debyuti 2015-yilning 7-sentyabrida „Kalyari“ga qarshi oʻyinda (0:4) boʻlib oʻtdi, Ante 71-daqiqada Pietro De Jorjio oʻrniga maydonga tushdi. 2016-yilning mart oyida „Krotone“ futbolchini 1 million yevroga sotib olish huquqidan foydalandi[5]. Budimir mavsumni B seriyasining 36 oʻyinida 16 ta gol urish bilan „Krotone“ning eng samarali hujumchisi sifatida yakunladi.
2016-yil 5-iyulda „Sampdoriya“ Budimirni sotib oldi va u 2020-yilning oʻrtasigacha shartnoma imzoladi[6].
2019-yil 15-yanvarda Budimir Ispaniyaning „Mallorca“ klubiga ijaraga oʻtdi[7]. 2019-yil 3-fevralda u „Alkorkon“ga qarshi oʻyinda (2:0) jarima toʻpidan oʻzining klubdagi ilk golini urdi[8]. 2019-yilning yozida u klub bilan 2,2 million yevroga doimiy shartnoma tuzdi. 2019/20 mavsumida Budimir 13 ta gol urib, La Liganing mavsumidagi eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida 8-oʻrinni egalladi.
2020-yil 5-oktyabrda Budimir 2020/21-yilgi mavsumda „Osasuna“ jamoasiga ijaraga berilgan[9]. 2021-yil 7-iyunda „Osasuna“ Budimir bilan doimiy shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Oldingi mavsumni ijarada oʻtkazgan futbolchi bilan 2025-yilning yozigacha shartnoma imzolandi[10].
Terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil 27-avgustda mavsumoldi tayyorgarlik paytida Xorvatiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalić Budimirni sentyabr oyida oʻtkaziladigan Millatlar ligasi doirasidagi Portugaliya va Fransiyaga qarshi oʻyinlarga chaqirdi[11][12]. 2020-yil 7-oktyabrda u Shveysariyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida milliy terma jamoada debyut qildi va Mario Pašalićga gol uzatmasini berdi[13]. 11-noyabrda esa u Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ilk golini urdi. U darvoza tomon harakatlanayotganda toʻpni tirsagi bilan sezilarli darajada toʻxtatib oldi, ammo buni hakam Slavko Vinčić payqamay qoldi[14][15].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Osasuna
Copa del Rey kubogida ikkinchi oʻrin: 2022–23[16]
Xorvatiya
FIFA Jahon chempionati uchinchi oʻrin: 2022[17]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „UEFA Nations League 2025: Booking List before League phase Matchday 5“. UEFA (2024-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 21-dekabr.
- ↑ Ante Budimir: „La gent dels Balcans sabem que el camí per triomfar en el futbol és llarg“ at ara.cat
- ↑ „Nöthe und Budimir sind St. Paulis Sturmduo der Hoffnung“ (de). Hamburger Abendblatt (2014-yil 19-avgust). 2016-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyun.
- ↑ „Leihe: Budimir wandert nach Kalabrien aus“ (de). Kicker (2015-yil 1-sentyabr). 2016-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
- ↑ Morozzo, Angelo. „Ex Crotone, Budimir show: doppietta al Camp Nou“ (it). Calabria Sport 24 (2019-yil 8-dekabr). 2020-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyun.
- ↑ „«Сампдория» приобрела хорватского нападающего Будимира“. 2017-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-dekabr.
- ↑ „UFFICIALE: Crotone, Budimir va in prestito al Maiorca“ (it). 2019-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-yanvar.
- ↑ Bryce, Monro. „Mallorca seventh after 2-0 win“ (en). Majorca Daily Bulletin (2019-yil 6-fevral). 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyun.
- ↑ „Osasuna logra la cesión de Budimir“ (es). CA Osasuna (2020-yil 5-oktyabr). 2021-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Osasuna ficha a Budimir, con el que firma una vinculación hasta 2025“ (en). CA Osasuna (2021-yil 7-iyun). 2021-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
- ↑ „Budimir sustituye a Modric y Rakitic en la convocatoria de Croacia“ (es). Diario de Mallorca (2020-yil 27-avgust). 2020-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyun.
- ↑ „Luka Modrić and Ivan Rakitić to miss Croatia's opening UEFA Nations League matches“ (hr). Croatia Week (2020-yil 27-avgust). 2021-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyun.
- ↑ Olivari, Davorin. „Hrvatska bez pola prve momčadi srušila Švicarsku! Zablistao 'Dalićev eksperiment', na kraju ušao i Modrić“ (hr). Sportske novosti (2020-yil 7-oktyabr). 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-iyun.
- ↑ „Ante Budimir: Mogao sam zabiti još koji gol“ (hr). Večernji list (2020-yil 11-noyabr). 2023-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-iyun.
- ↑ Hina „Budimir: Svjestan sam da je bio VAR, gola ne bi bilo“ (hr). Glas Istre (2020-yil 11-noyabr). 2023-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
- ↑ „Crónica | El Real Madrid tiñe la Copa de blanco tras una vibrante final (2-1)“ [Report | Real Madrid dyes the Cup white after a thrilling final (2-1)] (es). Royal Spanish Football Federation (2023-yil 6-may). Qaraldi: 2025-yil 17-fevral.
- ↑ Smyth, Rob „Croatia 2-1 Morocco: World Cup 2022 third-place playoff – as it happened“. the Guardian (2022-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ante Budimir BDFutbol saytida
- Ante Budimir Soccerway saytida
- 22-iyulda tugʻilganlar
- 1991-yilda tugʻilganlar
- Xorvatiyalik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak hujumchilar
- LASK futbolchilari
- HNK Gorica futbolchilari
- NK Inter Zaprešić futbolchilari
- NK Lokomotiva Zagreb futbolchilari
- FC St. Pauli futbolchilari
- FC Crotone futbolchilari
- UC Sampdoria futbolchilari
- RCD Mallorca futbolchilari
- CA Osasuna futbolchilari
- Xorvatiya futbol ligasi futbolchilari
- Regionalliga futbolchilari
- 2. Bundesliga futbolchilari
- Serie A futbolchilari
- Serie B futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Segunda División futbolchilari
- UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari
- Xorvatiyalik muhojir erkak futbolchilar
- Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Avstriyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar