Antaliya Arena stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Antaliya Arenadan yoʻnaltirildi)

Antalya Arena (turkcha: Antalya Arena) koʻp funksiyali stadion, Turkiyaning Antaliya shahrida joylashgan. Stadion Turkiya Superligasida ishtirok etuvchi " Antalyaspor " klubining uy oʻyinlariga mezbonlik qiladi. Antaliya Arena stadioni 2015-yilda ochilgan, stadion 32 539[1]ta tamoshabinlarni qabul qilish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Stadion qurilishi uchun qariyib 103 mln turk lirasi sarf qilingan. Quruvchi kompaniya — General directory of Youth and Sports (GSGM) hisoblanadi. Antaliya Arena stadioni arxitektori — Azaksu Architecture Office. Stadion oʻyingoh maydoning sigʻimi — 68x105 va maydon tabiiy chim bilan qoplangan. Antaliya Arena stadioni dengiz boʻyida joylashgan stadion sanaladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Antaliya shahrida joylashgan, Antaliya Arena stadioni qurilishi 2013-yil 23-iyunda boshlangan va 2015-yilda yakuniga yetkazilgan.

2015-yil 26-oktabr kuni stadionning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu ochilish marosimi kunida Turkiya chempionatining 9-turi ochilish uchrashuvida Turkiyaning „Antalyaspor“ va " Beshiktosh " jamoalari toʻqnash keldi, yangi stadionda ilk uchrashuvda mezbonlar mehmonlar hisoblangan Beshiktosh jamoasiga 1-5 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi[2].

Stadion parametrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadion mukammal geometrik doira shaklidadir. Stadion tomiga quyosh batareyalari oʻrnatilgan bu esa nisbatan elektr energiyasini oʻzidan ishlab chiqarilishda muhim rol oʻynaydi, qamrov maydoni esa 13 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Batareya quvvati — 1,4 megavatt hisoblanadi. Bu Turkiyada muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda qurilgan birinchi stadion hisoblanadi va quyosh panellari bilan ishlaydigan dunyodagi eng katta stadiondir. Stadion 5600 ta fotovoltaik modullar, kuniga 1,3 kVtgacha energiya ishlab chiqarishga qodir[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]