Najimatdin Ansatboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ansatboyev Najimatdindan yoʻnaltirildi)

Najimatdin Ansatboyev (23-dekabr 1943 Kegayli) – qoraqalpoq aktyori va rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1966). Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatrida aktyor va rejissyor (1966-78, 1996-yildan navbatchi rejissyor), badiiy rahbari va direktori (1987-96). S. Xoʻjaniyozov nomidagi respublika Yosh tomoshabinlar teatrida bosh rejissyor (1978-79, 1987-96). Asosiy rollari: Navoiy („Navoiy Astrobodda“), Ayoz („Kaynona“), Kassio („Otello“), Gʻarib („Gʻarib oshiq“), Sharif Rahimov („Oʻz arizasiga koʻra“), Berdaq („Berdaq“), Yassaviy („Sohibqiron“) va boshqa rejissyor sifatida „Gʻarib oshiq“, „Oy tutilgan tunda“, „Yaralangan yuraklar“, „Kelinlar qoʻzgʻoloni“, „Oʻn uchinchi rais“, „Tobutdan tovush“, „Ota taqdiri“, „Sohibqiron“ kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1973).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil