Kontent qismiga oʻtish

Anna Sofiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Anna Sofiya

Anna Sofiya 2021 - yilda
Tavalludi
Ann-Sophie Elisabeth Dürmeyer

1990-yil 1-sentyabr (1990-09-01) (35 yosh)
Fuqaroligi Gamburg, Germaniya
Kasbi xonanda
Faoliyat yillari 2011- yildan hozirgacha
Unvoni
Mukofotlari

Anna Sofiya Dyurmeyer (1990-yil 1-sentabrda tugʻilgan) — taxallusi Anna Sofiya, germaniyalik qo'shiqchi va bastakor.


Sodiya Germaniya nomidan Eurovision qo'shiq tanlovi 2015 tanlovida „Black Smoke“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan.

Anna Sofiya Londonda tugʻilgan boʻlsa-da, bolaligidan Hamburg shahrida voyaga yetgan. Xonanda yoshligidan musiqa va sahna sanʼatiga qiziqib, keyinchalik Nyu-York shahridagi Li Strasberg nomidagi teatr va kino institutida tahsil olgan. Pop va soul yoʻnalishlaridagi ijrolari bilan tanilgan xonanda 2010-yillarning boshlarida professional musiqiy faoliyatini boshlagan.

2015-yilda Germaniyaning Eurovision milliy saralashida qatnashib, dastlab ikkinchi oʻrinni egallagan. Biroq saralash gʻolibi tanlovda ishtirok etishdan voz kechgan Natijada Anna Sofiya Germaniya vakili sifatida tanlangan va Vena shahrida oʻtkazilgan Eurovision qo'shiq tanlovi 2015da „Black Smoke“ qoʻshigʻi bilan mamlakat sharafini himoya qilgan.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yil: Dastlabki hayoti va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anna Sofiya 1990-yil 1-sentabrda London, Angliyada germaniyalik ota-onalar oilasida tugʻilgan[1]. Yoshligida oilasi bilan Germaniyaga koʻchib oʻtgan va Hamburg shahrida istiqomat qilgan. Shu bilan birga, u Shimoliy Uelsdagi Colwyn Bay shahrida joylashgan Rydal Penrhos maktabida internat oʻquvchisi sifatida tahsil olgan.

Toʻrt yoshidan boshlab balet bilan shugʻullangan. 2010-yilda Abitur diplomini qoʻlga kiritgach, aktyorlik va sahna sanʼati boʻyicha bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida Nyu-York shahriga kelgan va i Strasberg nomidagi teatr va kino institutida tahsil oldi[2][3].

2012-yilda u oʻzining ilk yakkaxon qoʻshigʻi — „Get Over Yourself“ni taqdim etgan. Oradan koʻp oʻtmay, uning debyut studiyaviy albomi Time Extended nashr etilgan. Musiqiy faoliyati bilan bir qatorda, Anna Sofiya musiqiy teatr sahnasida ham muvaffaqiyat qozongan. U Flashdance myuziklida Alex Owens rolini, shuningdek, Cirque du Soleilning Paramour myuziklida Indigo obrazini ijro etgani bilan tanilgan.

2012-yil: Time Extended

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Time Extended — Anna Sofiyaning debyut albomi boʻlib, 2012-yilda iTunes platformasida chiqarilgan. Albom tarkibidagi bir qator qoʻshiqlar keyinchalik uning Silver into Gold albomiga ham kiritilgan. Ular qatoriga „Have You Ever“, „Get Over Yourself“ va „Silver into Gold“ qoʻshiqlari kiradi.

  1. Unser Song für Österreich Wildcard 2015 (1): Ann Sophie (Wayback Machine saytida 21 February 2015 sanasida arxivlangan), blog.prinz.de, retrieved, 21 February 2015
  2. Biografie von Ann Sophie (Wayback Machine saytida 25 February 2015 sanasida arxivlangan), annsophiemusic.com, retrieved, 21 February 2015
  3. Ann Sophie liebt die Bühne (Wayback Machine saytida 2015-02-23 sanasida arxivlangan), eurovision.de, retrieved, 21 February 2015