Anna Sisková
| Anna Sisková | |
|---|---|
|
Sisková 2025-yilgi Transilvaniya Ochiq turnirida | |
| Mamlakat |
|
| Tugʻilishi |
2001-yil 1-iyul[1] Olomouts[2] |
| Ishlatadigan qoʻli | Oʻng qoʻl |
| Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori | $439 116 |
| Yakkalik bahslar | |
| Rekordi | 293–212 |
| Jami titullari | 7 ITF |
| Eng yuqori pozitsiyasi | 227-oʻrin (16-fevral 2026) |
| Joriy pozitsiyasi | 234-oʻrin (23-fevral 2026) |
| „Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari | |
| Wimbledon | Q1 (2022) |
| Juftlik bahslari | |
| Rekordi | 284–148 |
| Jami titullari | 1 WTA, 4 WTA 125, 28 ITF |
| Eng yuqori pozitsiyasi | 52-oʻrin (6-oktyabr 2025) |
| Joriy pozitsiyasi | 62-oʻrin (23-fevral 2026) |
| „Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari | |
| Australian Open | 2R (2025) |
| French Open | 3R (2025) |
| Wimbledon | 2R (2024, 2025) |
| US Open | 2R (2024, 2025) |
| Soʻnggi marta yangilandi: 23-fevral 2026. | |
Anna Sisková (1-iyul 2001-yilda tugʻilgan) — chexiyalik tennischi. WTA reytingida yakkalik yoʻnalishida 227-oʻrin, juftlik yoʻnalishida 53-oʻrinni egallagan. WTA Challenger Tour musobaqalarining juftlik bahslarida ikki marta chempionlikka sazovor boʻlgan. Shuningdek, ITF Womenʼs Circuit musobaqalari yakkalik yoʻnalishida 7 ta va juftlik yoʻnalishida 28 ta unvonni qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anna Siskováning onasi Kateřina Sisková ham professional tennischi boʻlgan[3].
Sport faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sisková oʻzining ilk yirik unvonini 2021-yilgi ITS kubogi musobaqasi juftlik bahslarida qoʻlga kiritgan. Sovrin jamgʻarmasi $60 minglik turnirda Jessie Aney bilan birga juftlik bahsida ishtirok etgan[manba kerak].
2023-yil yanvarida ular Estoniyaning Tallin shahrida oʻtkazilgan musobaqaning juftlik bahslarida chempion boʻlishdi[4]. 2023-yil iyulida sportchi Jessie Aney bilan birga WTA tur doirasida 2023-yilgi Budapesht Grand Prix turnirida ilk bor juftlik bahslari finaliga chiqdi, ammo final bahsida Katarzyna Piter va Fanny Stollárga oʻyinni boy berdi[5]. Sisková, shuningdek, yakkalik yoʻnalishi boʻyicha asosiy toʻr bahslarida Evgeniya Rodinaga qarshi oʻyinida oʻzining ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi[manba kerak].
Sportchi yakkalik yoʻnalishida saralash bosqichidan oʻtib, 2023-yilgi Polsha Ochiq turnirida 1/8 finalga chiqdi. Avval Sinja Krausni magʻlub etdi[6], soʻng Maja Chwalińskaga oʻyinni boy berdi[7]. Xuddi shu oyda Přerovda boʻlib oʻtgan sovrin jamgʻarmasi $60 minglik turnirda Sapfo Sakellaridi bilan birga juftlik bahslarida ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi[8]. 2023-yil sentyabr oyida Sisková Katarzyna Kawa bilan juftlik yasab, WTA Challenger tasnifidagi Open delle Puglie turnirida ilk bor oʻzining juftlik yoʻnalishidagi unvonini qoʻlga kiritdi[9]. Bu natija uni WTA tasnifi juftlik yoʻnalishi reytingida ilk bor top-100 talikka kirishiga sabab boʻldi[10].
Miriam Kolodziejová bilan juftlik boʻlgan Sisková 2024-yilgi WTA 125 La Bisbal d’Emporda turnirida final bahsiga qadar yetib keldi. Biroq Timea Babos va Dalma Gálfi juftligi final oʻyinidan chekinganidan soʻng ular musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritdi[11].
Sisková Katta dubulgʻa musobaqalaridagi debyut ishtirokini 2024-yilgi Fransiya Ochiq turnirida (yana Miriam Kolodziejová bilan) amalga oshirdi va rossiyalik raketka ustalari Ekaterina Alexandrova hamda Anastasia Pavlyuchenkovani magʻlub etdi. Biroq yakunda chempionlikni qoʻlga kiritgan sportchilar Katerina Siniakova va Coco Gauffga qarshi oʻyinni boy berdi[12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Anna Sisková“ (cs). tenisovysvet.cz.
- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Anna Sisková opět zvítězila!“ [Anna Sisková won again!] (cs). itsjuniortenis.cz. ITS tennis. 2024-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyul.
- ↑ Vojkůvka, Jan „Back-to-back titul! Rozjetá Sisková slaví trofej i v estonském Tallinnu“ (cs). tenisovysvet.cz (2023-yil 21-yanvar).
- ↑ „Teenage lucky loser Timofeeva wins Budapest title“. Women's Tennis Association. Qaraldi: 2024-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Polish Open: Siskova makes second round with win over Kraus“. Tennis Majors. Qaraldi: 2024-yil 29-avgust.
- ↑ „Polish Open: Maja Chwalinska moves into quarter-finals“. Tennis Majors. Qaraldi: 2024-yil 29-avgust.
- ↑ Pavel Lebeda „Zubr Cup: Sisková slaví už dvacátý deblový titul! První stovku má na dosah (in Czech)“ [Zubr Cup: Sisková celebrates her twentieth doubles title! The first hundred is within reach]. tenisovysvet.cz (2023-yil 26-avgust). Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
- ↑ WTA Staff „Zidansek takes Bari 125 title with comeback win“. WTA Tennis (2023-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 13-sentyabr.
- ↑ Jan Vojkůvka „Denní menu, 10.9.2023: Kopřiva slaví druhý letošní titul! Macháč ve finále neuspěl (in Czech)“ [Daily menu, 10/9/2023: Nettle celebrates this year's second title! Macháč failed in the final]. tenisovysvet.cz (2023-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Carle captures WTA 125 La Bisbal d'Emporda title“. Women's Tennis Association. Qaraldi: 2024-yil 8-noyabr.
- ↑ „Full recap of the 9th and 10th days of the 2024 French Open“. nytimes.com (2024-yil 4-iyun).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]