Anna German
Anna German | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumot | |
Tugʻilgan paytidagi ismi | Anna Yevgenyevna German |
Tugʻilishi |
14-fevral 1936-yil |
Vafoti |
25-avgust 1982-yil Varshava, Polsha |
Fuqaroligi | SSSR, Polish People's Republic va Polsha |
Kasbi | qoʻshiqchi, bastakor, aktrisa |
Turmush oʻrtogʻi | Zbigniew Antoni Tucholski |
Faoliyat yillari | 1960—1982 |
Janr | estrada, opera, romans |
Sayt | http://www.anna-german.com/ |
Anna Wiktoria German-Tucholska (rus. А́нна Викто́рия Ге́рман; 14-fevral 1936, Urganch - 26-avgust 1982, Varshava) — estrada xonandasi, aktrisa. Dastlabki musiqa saboqlarini Xorazmda olgan. 1946-yildan Polshada yashagan. Wroclaw politexnika institutini tugatgan (1961). Shu davrdan boshlab estrada ansambllarida xonanda sifatida qatnashib, dastlab Polsha (Sopot, 1963—65; Opole, 1964), keyinchalik Vena (1965) va Sorrento (1967) xalqaro estrada tanlovlari laureati unvoniga sazovor boʻldi. Xonanda lirik-dramatik hamda hazilnamo qoʻshiqlarni oʻta samimiylik va oʻziga xos tarzda talqin etgan. Repertuaridan zamonaviy kompozitorlar (Katarzyna Gärtner, "Raqsga tushuvchi evridikalar"; Aleksandra Paxmutova, "Umid"; Yevgeniy Ptichkinning "Sevgi sadosi"), kuylarini oʻzi yaratgan ("Inson taqsiri", "Boʻlishi mumkin"), shuningdek, polyak, rus, italyan qoʻshiqlari oʻrin olgan. Yevropa, Amerika, Avstraliya va Osiyo (xususan, Markaziy Osiyo, 1979) mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Ijodiga bagʻishlangan "Anna German bilan uchrashuv" filmi yaratilgan (1976). Urganchda koʻchalardan biri, Zielona Góradagi konsert zali hamda mazkur shaharda oʻtadigan estrada festivaliga (1988) German nomi berilgan.
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Жигарёв А., Анна Герман, М., 1988.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Vikiomborda Anna German haqida turkum mavjud |
- Anna German IMDb sahifasi
- Anna German muxlislari sayti
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |