Kontent qismiga oʻtish

Anna Dibaba

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Anna Dibaba
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 26-oktyabr 1999-yil (1999-10-26) (26 yosh)
Sport
Mamlakat Efiopiya
Qaysi sport Yengil atletika
Pozitsiyasi Uzoq masofaga yugurish, Marafon

Anna Dibaba (1999-yil 26-oktyabrda tug‘ilgan) — efiopiyalik uzoq masofaga yuguruvchi, yo‘l va trek musobaqalarida qatnashadi. U xalqaro marafonlar, yarim marafonlar va o‘rta masofali yugurish musobaqalarida raqobatbardosh natijalarni qayd etgan. Dibaba Efiopiyaning taniqli Dibaba sportchilar oilasining a’zosi bo‘lib, uning opa-singillari Tirunesh Dibaba, Genzebe Dibaba va Ejegayehu Dibaba - barchasi Olimpiada yoki jahon chempionati sovrindorlari hisoblandi[1].

Dibaba xalqaro miqyosda ham yo‘l, ham trek musobaqalarida qatnashgan. 2024-yilda u Amsterdam marafonida 2:23:56 natija bilan shaxsiy rekordini qayd etib, yetakchi o‘rinlardan birini egalladi[2][3].

2023-yilda u Xyuston yarim marafonida 1:09:22 natija bilan to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi[4][5].

U shuningdek, o‘sha yili AQShning yo‘l poygalarida ham qatnashdi. Jumladan, Vashington shahridagi Cherry Blossom 10 millik yugurish musobaqasida 54:31 natija ko‘rsatdi hamda Janubiy Karolina shtatining Charlston shahrida o‘tkazilgan Cooper River Bridge Run 10 kilometrlik musobaqada 32:37 vaqt bilan marraga yetib keldi[6].

2023-yil aprel oyida Kaliforniyaning Walnut shahrida o‘tkazilgan 63-chi yillik Mt. SAC musobaqalarida Dibaba 5000 metr masofani yo‘lakda 16:24.85 vaqt bilan bosib o‘tdi[7].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anna Dibaba Efiopiyaning Oromiya mintaqasida joylashgan va uzoq masofali yugurish bo‘yicha dunyoga mashhur iste’dodli sportchilar vatani hisoblangan Bekoji shahrida tavallud topgan. Tirunesh Dibaba, Genzebe Dibaba va Ejegayehu Dibalba kabi dunyoga mashhur yengil atletikachilarning kenja singillaridan biri sanaladi. Shuningdek, uning amakivachchasi esa Efiopiyaning ilk ayol Olimpiada chempioni, uzoq masofali yugurish bo‘yicha ayollar sportining peshqadamlaridan biri bo‘lgan Derartu Tuludir[1].

Shaxsiy yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Marafon - 2:23:56 (2024-yil 20-oktyabr, Amsterdam)[2]
  • Yarim marafon - 1:09:22 (2023-yil 15-yanvar, Xyuston)[4]
  • 10 km Avtomobil yo‘li - 32:37 (2022-yil 2-aprel, Charleston)[6]
  • 10 Miles yo‘li - 54:31 (2023-yil 2-aprel, Vashington, Kolumbiya okrugi)[6]
  • 5000 metr - 16:24.85 (2023-yil 15-aprel, Walnut)[7]
  1. 1,0 1,1 „The Dibaba Sisters: Running in the Family“. Vogue (2016-yil 31-mart). Qaraldi: 2025-yil 13-may.
  2. 2,0 2,1 „Marathon - women - senior - 2024“. World Athletics. Qaraldi: 2025-yil 13-may.
  3. „TCS Amsterdam Marathon 2024 Results“. TRACX Events. Qaraldi: 2025-yil 13-may.
  4. 4,0 4,1 „Aramco Houston Half Marathon Results“. World Athletics. Qaraldi: 2025-yil 13-may.
  5. „Houston Half Marathon 2023 Results“. Watch Athletics. Qaraldi: 2025-yil 13-may.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Anna Dibaba Profile“. RRM Online Guide. Qaraldi: 2025-yil 13-may.
  7. 7,0 7,1 „63rd Annual Mt. SAC Relays – Women's 5000m Results“. Track & Field Results Reporting System (TFRRS). Qaraldi: 2025-yil 13-may.

https://worldathletics.org/athletes/-/14758201