Ann Meyers

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ann Meyers Drysdale
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 26-mart 1955-yil (1955-03-26) (69 yosh)
San Diego, California
Millati Amerikalik
Boʻyi 5 ft 9 in (1.75 m)
Karyera maʼlumoti
Maktab Sonora (La Habra, California)
Kollej UCLA (1974-1978)
WPBL drafti 1978 / Tur: 1 / Tanlash: 1st overall
Houston Angels tomonidan tanlangan
Oʻyin karyerasi 1978-1981
Pozitsiyasi Himoyachi
Raqami 15
FIBA shuhrat zali (oʻyinchi sifatida)

Ann Meyers Drysdale (talaffuzi: Enn Meyers Drysdeyl; 1955-yil 26-martda tugʻilgan) — amerikalik sobiq basketbolchi va sport boshlovchisi.

Meyers oʻrta maktabda oʻqib yurganida AQSH terma jamoasi tarkibida boʻlgan birinchi oʻyinchi boʻlgan[1].

Ilgari Kaliforniyaning Rancho Mirage shahrida yashovchi[2] Meyers hozirda Kaliforniyaning Huntington Beach shahrida istiqomat qiladi. U WNBAning Pheonix Mercury prezidenti, bosh menejeri va NBAning Pheonix Suns jamoasida vitse-prezident lavozimlarida ishlagan[3][4].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meyers 1955-yil 26-martda Patricia va Bob Meyersning 11 farzandining oltinchisi boʻlib tugʻilgan. Uning otasi Marquette universiteti jamoasida himoyachi pozitsiyasida oʻynagan, keyin esa Visconsin shtatining Milwaukee shahridagi Shooting Stars professional jamoasida oʻynagan.

Sport yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrta maktab[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meyers Korneliya Connelly oʻrta maktabida, keyin esa Kaliforniyaning La Habra shahridagi Sonora oʻrta maktabida oʻqigan[5]. U oʻrta maktab sportida oʻn uchta eng qimmat oʻyinchi mukofotini qoʻlga kiritgan. 1974-yilda Meyers AQSh terma jamoasida oʻynagan va terma jamoada oʻynagan birinchi oʻrta maktab oʻyinchisi boʻlgan.

Kollej[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meyers UCLA Bruins ayollar basketbol jamoasining toʻrt yillik atletika stipendiyasi oʻyinchisi boʻlgan (1974—1978)[6]. 1978-yil 18-fevralda Stiven F. Ostinga qarshi oʻyinda u NCAA I divizioni basketbol tarixida 20 ochko, 14 ribaund, 10 assist va 10 ta toʻp oʻtkazib yuborish bilan birinchi kvadrupl-dubl qayd etgan[6][7]. 1978-yil 25-martda uning UCLA Bruins jamoasi AIAW milliy chempionatida gʻolib chiqqan. Jamoa keyinchalik UCLA Pauley Pavilionida Maryland jamoasini 90-74 hisobida magʻlub etgan. U yilning eng yaxshi kollej basketbolchisi sifatida Honda Sports mukofotini, shuningdek, yilning eng yaxshi ayol sportchisi mukofotini va 1978-yilda esa Broderick Trophy sovrinini qoʻlga kiritgan[8][9].

UCLAdagi faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba[10]

Jadval tavsifi
  GP Oʻynalgan oʻyinlar   GS  Oʻyinlar boshlanishi  MPG  Oʻyin uchun daqiqalar
 FG%  Maydondagi gollar foizi  3P%  Uch ochkoli gollar foizi  FT%  Erkin to'p otish foizi
 RPG  Har bir oʻyindagi rebound (basketbol)  APG  Har bir oʻyin uchun Assist (basketbol)  SPG  Har bir oʻyin uchun
to'p saqlash (basketbol)
 BPG  Har bir oʻyin uchun bloklar (basketbol)  PPG  Oʻyin uchun ochko  Bold  Karyera
Yil Jamoa GP Ballar FG% FT% RPG APG SPG BPG PPG
1977—1978 UCLA 29 538 . 526 . 800 9.6 6.3 4.3 1.1 18.6
1976—1977 UCLA 22 402 . 505 .828 7.3 5.0 3.5 1.3 18.3
1975—1976 UCLA 23 323 . 426 . 730 8.2 5.6 3.6 0,7 14.0
1974—1975 UCLA 23 422 .528 . 767 8.3 5.4 5.2 1.1 18.3
Faoliyati 97 1685 . 500 . 785 8.4 5.6 4.2 1.0 17.4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Interview with Phoenix Mercury GM Ann Meyers Drysdale“ (2009-yil 26-aprel). Qaraldi: 2009-yil 12-iyul.
  2. Meyers Drysdale, Ann. You Let Some Girl Beat You?: The Story of Ann Meyers Drysdale. Behler, 2012. ISBN 978-1933016788. 
  3. Mercury’s Drysdale adds title of president, Miami Herald, June 30, 2010
  4. „A Lifetime of Firsts“. Phoenix Woman. Qaraldi: 2010-yil 25-iyun.
  5. Woolum p 188
  6. 6,0 6,1 UCLA Womenʼs basketball media guide
  7. SKYHAWK JUNIOR MAKES NCAA HISTORY WITH QUADRUPLE-DOUBLE. University of Tennessee at Martin — UT Martin Sports, November 14, 2007 (Quadruple-double history mention)
  8. „Past Collegiate Woman Athlete of the Year Winners (Honda Cup)“ (en). CWSA. Qaraldi: 2020-yil 28-mart.
  9. „The Naismith Memorial Basketball Hall of Fame :: Ann Meyers“ (en). www.hoophall.com. Qaraldi: 2020-yil 28-mart.
  10. „UCLA Media Guide“. 2022-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.

Maʼlumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]