Ankara metropoliteni
| Anqara metropoliteni | |
|---|---|
| Maʼlumot | |
| Davlat | |
| Shahar | Anqara |
| Ochilgan vaqti | 1996-yil 30-avgust |
| Boshqaruvchi shirkat | Electricity, Gas, Bus General Directorate (EGO) |
| Davlat | |
| Uzunligi | 64,36 km |
| Stantsiyalari soni | 52 ta |
| Yoʻllari soni | 3 ta |
| Kunlik yoʻlovchilar soni | 289,000 |
| Yillik yoʻlovchilar soni | 104 million |
| Boshligʻi | {{{Boshligʻi}}} |
| Sxemasi | |
Anqara metropoliteni (turkcha: Ankara Metrosu, Ankaray) — Turkiyaning Anqara shahri aholisiga xizmat ko'rsatadigan tezkor metro tizimi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anqara metropoliteni tarixi 1996-yil 30-avgustda, yaʼni «Аnkaray» («А1» liniyasi) ochilganida boshlanadi. Ushbu liniya rasmiy ravishda yengil temir yo'l jamoat transporti (turkcha: Hafif rayli toplu taşim işletmesi) sifatida tasniflanadi. 1997-yil 29-dekabrda Anqara metrosining birinchi liniyasi — M1 liniyasi ochildi. 2014-yil 12-fevralda M2 liniyasi, 2014-yil 13-martda M3 liniyasi, 2017-yil 5-yanvarda M4 liniyasi ochildi. 2019-yil fevraligacha Anqara metrosida umumiy uzunligi 64,36 km boʻlgan 5 ta liniya va 52 stantsiya mavjud edi va M1, M2 va M3 liniyalari bir liniyaga birlashtirildi.
Liniyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- A1 liniyasi — uzunligi 8,53 km, 11 ta bekat;
- M1 liniyasi — uzunligi 46,51 km, 36 ta bekat;
- M4 liniyasi — uzunligi 9,22 km, 9 ta bekat.
Liniyalarda, asosan H6 Hawker-Siddeley va Alstom Metropolis vagonlaridan foydalaniladi.