Anjoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anjoma (fors. — temir li-bos) — ot-ulov abzallaridagi metalli qismlarning umumiy nomi (ayil, noʻxta, uzangi, yugan, oʻmildiriq, quyushkrn kabilar). Yupqa temir tunukadan qirqib yasa-ladi. Koʻpincha A. yuziga kumush yoki ol-523tin chopila oʻrnatiladi. Buning uchun A. yuzini egovlab yoki qalamcha va bolgʻa bilan chekib, tishlar chiqariladi. Bu tishlarning oʻyiq (ariqcha)lariga mayda kumush yoki oltin simlar yotqizib, ustidan bolgʻa urilsa, simlar oʻrnashib, naqsh paydo boʻladi. Soʻngra A. yuzini silliqlab, jilo beriladi (qarang Anjomasozlik).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil