Aniq quyish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ANIQ (PRESIZION) QUYISH — metallurgiyada mexanik ishlov berishni talab qilmaydigan quymalar olish usuli. Qiyin ishlov beriladigan mate-riallar (legirlangan poʻlat, olovbar-dosh va qattiq qotishmalar va hokazolar)ni quyishda Aniq quyish ishlatiladi. Aniq quyish quyidagi jarayonlarni oʻz ichiga oladi: buyum namu-nasini tayyorlash; mum modellar quyish uchun press-qolip tayyorlash; mum modellar quyish; quyma qolipini tayyorlash; mumni eritish va qolipini qizdirish; metallni eritish va qolipga quyish; quygichlarni urib chiqarish va quymani tozalash. Aniq quyish usuli sanoatning turli sohalarida keng qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil