Angliya-rossiya bitimlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Angliya-rossiya bitimlari (1873, 1885, 1907) -1873 yilbitimi Angliya va Rossiya hukumatlari o‘rtasida 1872 yil oktabr – 1873 yil yanvarda bo‘lgan muzokaralar natijasida Turkiston "bufer" po-yasi – oraliq yerlari haqida tuzilgan. Bu bitim Rossiya va Angliyaning Turki-stondagi ta’sir doiralari chegaralariii va Afg‘oniston amirligining shimoliy chega-ralarini belgiladi. Bitim Turkistondagi ingliz-rus qarama-qarshiligini vaqtincha yumshatdi.1885 yil bitimi Afg‘oniston chegaralarini belgilash to‘g‘risida Londonda 29 avgust (10 sentabr)da imzolangan. Bitim An-gliya va Rossiyaning Turkiston (Janubiy Tur-kmaniston)dagi 1885 yil nizosini, ikki yirik davlat o‘rtasidagi urush xavfini bartaraf qildi. Tuzilgan ingliz-rus chegara komissiyasi asosan Rossiya tala-blarini nazarga olib, Afg‘onistonning shimoli-g‘arbiy chegaralarini aniqladi va bu haqda 1887 yil 10 (22) iyulda Peter-burgda bitim imzolandi.1907 yilbitimi O‘rta Sharqdagi ta’sir doiralar chegaralarini belgilash to‘g‘risida 18 (31) avgustda Peterburgda imzolangan. Bu bitimlar asosan Tibet, Afg‘oniston va Eronga doir edi. An-gliya va Rossiya Tibetni mustaqil deb tan oldi. Eron 3 zonaga: Rossiya ta’sir doirasidagi Shimoliy zona va Angliya ta’-sir doirasidagi Janubiy zona hamda bular o‘rtasidagi betaraf zonaga bo‘lindi. Afg‘oniston Angliya hukumati ta’siri-480da qoldi. Rossiya Afg‘oniston hukumati bilan faqat Angliya hukumati orqali aloqa qilishga rozi bo‘ldi; tomonlar Afg‘oniston hududiy butunligini buz-maslik majburiyatini oldilar.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil