Angishvonagul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Digitalis lutea

Angishvonagul, oʻymoqgul (Digitalis) — sigirquyruqdoshlar oila-siga mansub ikki yillik va koʻp yillik oʻtlar turkumi. Yevropa va Osiyoda 25 ga yaqin turi bor. Barchasi zaharli. A.ning poyasi tikka(uz. 40- 150 sm), barglari ketma-ket joylashgan, barg cheti arra-simon, baʼzi turlarida tekis. Barglar poyaning ostidan uchiga tomon maydala-shib boradi. Gullari shingil toʻpgulga yigʻilgan, gultoji qoʻngʻiroq yoki angish-vonaga oʻxshash; oʻsimlik nomi ham shundan olingan. Qizil A. va sariq A.ning bargidan purpurea A, purpurea V, digitoksin, gitoksin va yurak kasalliklariga qarshi ishlatiladigan boshqa glyukozidlar oli-nadi. A.ning boshqa turlaridan olingan preparatlar (mas, abitsin) ham shu kabi kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi. A.ning baʼzi xillari Oʻzbekistonda xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil