Angelina Topić
| Angelina Topić | |
|---|---|
|
Topić 2022-yilda, Sandro Halank tomonidan olingan surat | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavallud sanasi |
26-iyul 2005-yil Belgrad, Serbiya va Chernogoriya |
| Boʻyi | 1.83 m |
| Vazni | 59 kg |
| Sport | |
| Mamlakat | Serbiya |
| Qaysi sport | Yengil atletika |
| Murabbiy(lar)i | Dragutin Topić |
Anjelina Topić (Serbiya kirillchasi: Ангелина Топић; 2005-yil 26-iyulda tugʻilgan) – serbiyalik sportchi. Yengil atletikaning balandlikka sakrash yoʻnalishi boʻyicha musobaqalarda ishtirok etadi. Yengil atletika boʻyicha 2022-yilgi Yevropa chempionatida sportchi 17 yoshida bronza medalini qoʻlga kiritgan va bu orqali barcha chempionatlarning eng yosh sovrindoriga aylangan[1]. Oʻsha yili Topić 20 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ham bronza medaliga sazovor boʻlgan.
Topić yopiq inshootda va ochiq havoda balandlikka sakrash boʻyicha Serbiya rekordi sohibasi hisoblanadi. U, shuningdek, ochiq havoda 18 yoshgacha boʻlgan balandlikka sakrovchi sportchilar orasida amaldagi jahon rekordini qayd etgan[2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anjelina Topićning onasi Biljana Topić uch hatlab sakrash boʻyicha milliy rekord sohibasi hisoblanadi. Yengil atletika boʻyicha 2009-yilgi Jahon chempionatida shu yoʻnalish boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Uning murabbiyi otasi Dragutin Topić balandlikka sakrash boʻyicha milliy rekord sohibi, shuningdek, 1990-yilda Yevropa chempioni boʻlgan[3].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilgi mavsumning iyun oyida atigi 16 yoshda boʻlgan Topić Kruševacda boʻlib oʻtgan Serbiya chempionatida 1.96 metr balandlikka sakrab, katta yosh toifasida Serbiya milliy rekordini oʻrnatgan va shu bilan birga 18 yoshgacha boʻlgan sportchilar orasida qayd etilgan jahon rekordini takrorlagan[4]. Keyingi oyda Quddusda boʻlib oʻtgan U18 Yevropa chempionatida 1.92 metr balandlikka sakrab, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Avgust oyida esa Kolumbiyaning Kali shahrida oʻtkazilgan U20 Jahon chempionatida 1.93 metr natija bilan bronza medaliga ega chiqqan. Oʻsha oyning oʻzida Topić Myunxenda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida katta yoshdagi sportchilar oʻrtasida ilk bor musobaqalarda ishtirok etgan va 1.93 metr natija qayd etgan holda bronza medaliga sazovor boʻlgan. Bu orqali sportchi barcha chempionatlarning eng yosh sovrindoriga aylangan[5][6]. Topić oʻsha yili beshkurash bahslari boʻyicha ham U18 va U20 toifalarida milliy rekordlarni oʻrnatgan[7].
2023-yil yanvar oyida Belgradda oʻtkazilgan musobaqada 1.94 metrga sakrab, ilgari Ivana Španovićga tegishli boʻlgan yopiq inshootlarida balandlikka sakrash boʻyicha Serbiya rekordini yangilagan[8][9].
2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining saralash bosqichiga tayyorgarlik paytida Angelina oʻng toʻpigʻini sindirib olgan. Jarohatiga qaramay, sportchi baribir saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan, biroq keyinchalik final bosqichida ishtirok etolmay, musobaqani tark etgan[10].
Shunga qaramay, 2024-yil avgust oyida, jarohatdan atigi bir oy oʻtib, Angelina 2024-yilgi yengil atletika boʻyicha U20 Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Berkeley. „Topić targets high jump greatness after claiming EOC Piotr Nurowski Prize“. Inside the Games (2022-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-sentyabr.
- ↑ „Topic equals world U18 high jump best with 1.96m at Serbian Championships“. European Athletics (2022-yil 27-iyun). Qaraldi: 2022-yil 28-iyun.
- ↑ „Roditelji su joj srpski rekorderi i legende, a ona skače za zlato“ (sr). nova.rs (2021-yil 21-avgust). 2022-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
- ↑ „Topic equals world U18 high jump best with 1.96m at Serbian Championships“ (en). European Athletics (2022-yil 27-iyun). Qaraldi: 2022-yil 27-iyun.
- ↑ „Angelina Topić osvojila bronzu na EP u skoku uvis“ (sr). rts.rs. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
- ↑ „European bronze medallist Topic wins prestigious Piotr Nurowski Prize“ (en). European Athletics (2022-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
- ↑ Berkeley. „Topić targets high jump greatness after claiming EOC Piotr Nurowski Prize“. Inside the Games (2022-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-sentyabr.
- ↑ „Tromeč reprezentacija: Angelina Topić oborila nacionalni rekord“. Sportski žurnal (2023-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
- ↑ „Angelina Topić nadmašila Ivanu Španović i oborila državni rekord za starije juniorke“. Radio Televizija Srbije (2023-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 24-yanvar.
- ↑ „Serbia high jumper Angelina Topic will miss the Paris Olympics final after fracturing her ankle“. The Associated Press (2024-yil 2-avgust).
- ↑ „Reid anchors Jamaica to 4x100m title to secure golden double in Lima“. worldathletics.org.