Angela Goethals

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Angela Goethals
Tavalludi 20-may 1977-yil (1977-05-20) (46 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1988-2010, 2017-hozirgacha

Angela Bethany Goethals (1977-yil 20-mayda tugʻilgan) — amerikalik kino, televideniye va sahna aktrisasi. Goethals 1987-yilda Broadwaydagi Coastal Disturbances sahna asarida oʻz aktyorlik debyutini amalga oshirgan. Keyinchalik Uyda yolgʻiz (1990) filmida Macaulay Culkin rolining singlisi obrazi gavdalantiradi. 1990-yillar davomida Goethals bir nechta mustaqil filmlar va telekoʻrsatuvlarda, jumladan, Phenom (1993) sitkomida bosh rolni, shuningdek, Jerry Maguire (1996)da ikkinchi darajali rolni ijro etadi.

1999-yilda Goethals aktrisalik faoliyatiga qaytishdan oldin Vassar kollejini fransuz tili boʻyicha bakalavr diplomi bilan tugatishga muvaffaq boʻlgan. 2005-yilda u 24 teleserialida tez-tez maxsus mehmon sifatida ishtirok etadi. Shuningdek, Behind the Mask: The Rise of Leslie Vernon (2006) sujjatli qora komedik dahshat filmidagi bosh roli uchun tanqidchilar eʼtirofiga sazovor boʻlgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Goethals New York shahrida oʻqituvchi sifatida faoliyat olib borgan yolgʻiz ona Rosalind qoʻlida opalari Angela va Sara bilan birgalikda tugʻilib oʻsgan[1]. U Panama kanali va New Yorkdagi Goethals Bridge bosh muhandisi George Washington Goethalsning nevarasidir[2]. Toʻqqiz yoshida aktrisa Horton Foote tomonidan yozilgan Broadveydan tashqari pyessa The Widow Claireda Sarah Mishel Gellarning yordamchisi sifatida oʻzining birinchi professional aktyorlik ishini qoʻlga kiritadi[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Goethals oʻzining dastlabki filmlardagi rolini Rocket Gibraltar dramasida amalga oshiradi. Rollarda Burt Lancaster, Kevin Spacey va Macaulay Culkin kabi aktyorlar ishlashgan. Uning singlisi Sarah ham ushbu filmda ishtirok etgan[4]. 1990-yilda aktrisa Uyda yolgʻiz filmida bosh qahramon Kevin McCallisterning (Macaulay Culkin) singlisi Linnierolini oʻynadi. Rejissor Chris Columbus tomonidan suratga olingan oilaviy komediya yosh bola uydan yolgʻiz qolganida ikki nojoiz oʻgʻriga duch kelishi haqida. Film butun dunyo boʻylab qariyb 500 million dollar ishlab topishga muvaffaqa boʻlgan top kinofilmlardan biridir[5]. Goethals ikki yildan soʻng Uyda yolgʻiz 2: Nyu-Yorkda yoʻqolgan filmining davomiy qismida qaytmagan uchta asosiy aktyordan biri edi.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Rejissor
1988 Rocket Gibraltar Dawn Black Daniel Petrie
1988 Heartbreak Hotel Pam Wolfe Chris Columbus
1990 Home Alone Linnie McCallister Chris Columbus
1991 Triple Bogey on a Par Five Hole Bree Levy Amos Poe
1991 V.I. Warshawski Kat Grafalk Jeff Kanew
1996 Jerry Maguire Kathy Sanders Cameron Crowe
2001 Storytelling (segment: „Fiction“) Elli Todd Solondz
2002 Changing Lanes Sarah Windsor Roger Michell
2003 Stealing Christmas Noelle Gibson Gregg Champion
2004 Spanglish Gwen James L. Brooks
2006 Behind the Mask: The Rise of Leslie Vernon Taylor Gentry Scott Glosserman
2018 P.T.A-Holes (short film) Mona Caroline Gordon Elliot
TBA B4TM Taylor Gentry Scott Glosserman

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

{{DEFAULTSORT:Goethals, Angela}]