Angel Otom
| Angel Otom | |
|---|---|
|
Otom 2024-yilda | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | ayol |
| Fuqaroligi |
|
| Tavallud sanasi |
2003-yil 30-iyun Meycauayan, Bulacan, Filippin |
| Sport | |
| Qaysi sport | para suzish |
Angel Mae Otom (2003-yil 30-iyunda tugʻilgan) – 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan filippinlik para suzuvchi.
Yoshlik yillari va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Angel Otom 2003-yil 30-iyunda tugʻilgan[1]. Uning otasi Marlou tatuirovka chizuvchi rassom, onasi Mila esa oʻqituvchi hisoblanadi[2]. U tugʻma yuqori aʼzo yetishmovchiligi bilan tugʻilgan[3], chap qoʻli yoʻq, oʻng qoʻli rivojlanmagan[3][4].
Otom Olongapo shahar milliy oʻrta maktabida taʼlim olgan. 2019-yilda tuman maktab matbuot konferensiyasining muharrirlik karikatura tanlovida qatnashgan va ushbu tanlovda oyoqlari bilan chizgan[5].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otom 2018-yilda Marikinada boʻlib oʻtgan Filippin nogiron sportchilari assotsiatsiyasi (PHILSPADA) milliy para oʻyinlarida ishtirok etgan. Shundan keyin sportchi 2019-yilda Filippin milliy para suzish jamoasiga aʼzo boʻlgan. Uning birinchi xalqaro musobaqasi 2021-yildagi Birlashgan Arab Amirliklarining Bahrayn shahrida oʻtkazilgan Osiyo Yoshlar Para Oʻyinlari boʻlib, u ayollar orasida 50 metrga chalqancha suzish yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritgan[6][7].
Otom ASEAN Para Oʻyinlarida, xususan, 2022 va 2023-yillardagi musobaqalarda ishtirok etgan[2]. U 2022-yilda uchta oltin medal va 2023-yilda toʻrtta oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, sportchi 2022-yilda Xanchjouda oʻtkazilgan Osiyo Para Oʻyinlarida ham qatnashgan[5].
Otom 2023-yilgi para suzish boʻyicha jahon chempionatida ham ishtirok etgan[6].
2024-yilgi Parijda oʻtkazilgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Otom Angel ikki turda ishtirok etgan. Sportchi ayollar oʻrtasida S5 toifasida 50 metrga chalqancha suzish bahslari finalida 6-oʻrinni egallagan[8]. Shuningdek, u S5 toifasida 50 metrga chalqancha suzish bahslari finaliga chiqishga ham muvaffaq boʻlgan[4]. Otom musobaqada 45.78 soniyada masofani suzib oʻtib, eng yaxshi shaxsiy natijasini qayd etgan va yakunda beshinchi oʻrinni egallagan[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „OTOM Angel Mae“. Paris 2024 Paralympics. Qaraldi: 2024-yil 7-sentyabr. (alternate link, alternate link 2)
- ↑ 2,0 2,1 „Tanker Angel Otom emerges as Philippines’ first triple gold winner“. BusinessWorld (2023-yil 7-iyun). Qaraldi: 2024-yil 7-sentyabr.
- ↑ 3,0 3,1 Malanum, Jean. „Otom flag-bearer at Paralympic Games closing ceremony“. Philippine News Agency (2024-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 7-sentyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Bright future: Young swimmer Angel Otom reaches Paralympic final“. Rappler (2024-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 7-sentyabr.
- ↑ 5,0 5,1 Masoy, Niel Victor. „Swimmer Otom makes Paralympics debut“ (en). The Manila Times (2024-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 7-sentyabr.
- ↑ 6,0 6,1 Malanum, Jean. „Otom, Gawilan qualify for World Para Swimming Championships“. Philippine News Agency (2023-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 7-sentyabr.
- ↑ Trinidad, Chino (correspondent), Tiangco, Mel (news anchor). Pinay swimmer na si Angel Otom, wagi ng bronze medal sa 2021 Asian Youth Paralympics sa Bahrain. GMA Integrated News.
- ↑ „Otom finishes 6th in 50m backstroke as China sweeps podium“. ABS-CBN News (2024-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 7-sentyabr.
- ↑ „Otom sets new personal-best, finishes 5th in women's 50m butterfly“. ABS-CBN News (2024-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 7-sentyabr.