Aneta Kučmová
| Aneta Kučmová | |
|---|---|
|
| |
| Mamlakat |
|
| Tugʻilishi | 2000-yil 22-may |
| Ishlatadigan qoʻli | Oʻng qoʻl |
| Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori | $104,682 |
| Yakkalik bahslar | |
| Jami titullari | 4 ta ITF |
| Eng yuqori pozitsiyasi | № 296 (9-sentyabr 2024) |
| Joriy pozitsiyasi | № 407 (8-sentyabr 2025) |
| Juftlik bahslari | |
| Jami titullari | 16 ta ITF |
| Eng yuqori pozitsiyasi | № 146 (8-sentyabr 2025) |
| Joriy pozitsiyasi | № 146 (8-sentyabr 2025) |
| Soʻnggi marta yangilandi: 8-sentyabr 2025. | |
Aneta Kučmová (qizlik familiyasi Kladivová; 2000-yil 22-mayda tugʻilgan) — chexiyalik tennischi. Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) reytingida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 296-oʻringa, juftlik yoʻnalishi boʻyicha esa 146-oʻringa koʻtarilgan[1].
Kučmová sovrin jamgʻarmasi $60 ming boʻlgan 2022-yilgi Macha Lake ochiq turnirining juftlik bahslarida hamyurti Karolína Kubáňová bilan birga chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Sport faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aneta Kučmová ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasidagi ilk unvonini Brnoda boʻlib oʻtgan sovrin jamgʻarmasi $15 minglik turnirning juftlik bahslarida qoʻlga kiritgan. Sportchi ushbu musobaqada vatandoshi Aneta Laboutková bilan birga juftlik hosil qilgan. Oradan olti yil oʻtib, 2022-yil may oyida u Krškoda boʻlib oʻtgan sovrin jamgʻarmasi $15 minglik musobaqada oʻzining yakkalik yoʻnalishidagi ilk unvonini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan. Ushbu musobaqada sportchi, shuningdek, juftlik bahslari chempionligiga ham sazovor boʻlgan edi[2]. Ikki hafta oʻtib, Kučmová Banya-lukada oʻtkazilgan sovrin jamgʻarmasi $15 minglik turnirda yakkalik yoʻnalishi boʻyicha oʻzining ikkinchi unvonini qoʻlga kiritdi[3]. Keyingi hafta esa u Macha Lake ochiq turnirining juftlik bahslarida hamyurti Karolína Kubáňová bilan birga gʻolib boʻldi va ilk bor sovrin jamgʻarmasi $60 minglik musobaqani chempionligiga sazovor boʻldi[4]. Ushbu juftlik yana bir sovrin jamgʻarmasi $60 minglik turnir gʻolibligini 2023-yil iyun oyida boʻlib oʻtgan Říčany ochiq turnirida qoʻlga kiritdi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Aneta Kucmova | Player Stats & More – WTA Official“. Women's Tennis Association.
- ↑ Jan Vojkůvka „V Kršku zkompletovala double! Kučmová slaví premiérový singlový titul (in Czech)“ [She completed a double in Kršek! Kučmová celebrates her first singles title]. tenisovysvet.cz (2022-yil 30-may). Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
- ↑ David Schlegel, Filip Lefenda „Nabyté sebevědomí přetavila v další titul. Šlo vidět, že hraji v pohodě, libuje si Kučmová (in Czech)“ [She turned the gained self-confidence into another title. You could see that I was playing well, Kučmová was enjoying herself]. tenisovysvet.cz (2022-yil 17-iyun). Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
- ↑ „Mácha Lake Open: Bejlek a Malečková v semifinále dominovaly! Kubáňová s Kučmovou ovládly čtyřhru (in Czech)“ [Mácha Lake Open: Bejlek and Malečková dominated in the semifinals! Kubáňová and Kučmová dominated the doubles]. tenisovysvet.cz (2022-yil 18-iyun). Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
- ↑ Pavel Lebeda „Říčany: Valentová zakončila svou báječnou jízdu v semifinále, Kubáňová s Kučmovou ve finále porazily jedničky (in Czech)“ [Říčany: Valentová ended her wonderful run in the semi-finals, Kubáňová and Kučmová defeated the No. 1s in the final]. tenisovysvet.cz (2023-yil 17-iyun). Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]