Aneroid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aneroid (yun. a – inkor qo‘shimchasi – manfiy zarra, neros – suv), metall barometr – atmosfera bosimini ul-chash uchun ishlatiladigan asbob. Asosiy ish qismi ichidan havosi so‘rib olingan elastik xususiyatli yassi to‘garak quticha, ustki va ostki yuzasi to‘lqinsimon qilib burmalangan. Havo bosimi o‘zgarganda quticha o‘z shaklini o‘zgartiradi (bosim oshganda quticha siqiladi, kamayganda kengayadi) va bu o‘zgarish richaglar tizimi yordamida shkalada harakatlanuvchi milga uzatiladi. A. shkalasi simobli barometr yordamida darajalanadi. Mil ko‘rsatishi bo‘yicha shkala uzatmasidan tashqari temperatura va qoldiq deformatsiya uchun tuzatma ki-ritiladi. Har bir yangi A.ga tegishli tuzatmalar jadvali beriladi. A. nisbiy asbob, uning aniqligi 1–2mbar. A. me-teorologiya stansiyalarida ehgiyot barometr sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil