Kontent qismiga oʻtish

Androulla Vassiliou

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Androulla Vassiliou
Ανδρούλλα Βασιλείου

Vassiliou 2013-yilda
Yevropa Ittifoqining taʼlim, madaniyat, ko‘p tillilik va yoshlar bo‘yicha komissari
Mansab davri
2010-yil 9-fevral – 2014-yil 1-noyabr
Prezident José Manuel Barroso
Oʻtmishdoshi Maroš Šefčovič (taʼlim, tayyorlov, madaniyat va yoshlar)
Leonard Orban (Ko‘p tillilik)
Vorisi Tibor Navracsics (taʼlim, madaniyat, yoshlar va sport)
Kiprning birinchi xonimi
Mansab davri
1988-yil 28-fevral – 1993-yil 28-fevral
Oʻtmishdoshi Mimi Kyprianou
Vorisi Lila Irene Clerides
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 30-noyabr 1943-yil (1943-11-30) (82 yosh)
Paphos, Britaniya Qibrisi
Siyosiy partiyasi Birlashgan Demokratlar
Turmush oʻrtogʻi George Vasiliou
Bolalari 3
Alma mater Huquq universiteti

Androulla Vassiliou (grekcha: Ανδρούλλα Βασιλείου; 1943-yil 30-noyabrda tugʻilgan) – kiprlik va yevropalik siyosatchi. 2008-yil mart oyidan 2010-yil fevral oyiga qadar Yevropa Ittifoqining Sogʻliqni saqlash boʻyicha komissari[1], soʻngra 2014-yil noyabrgacha Taʼlim, madaniyat, koʻp tillilik va yoshlar boʻyicha Yevropa komissari lavozimida xizmat qilgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa Ittifoqi doirasida ijtimoiy va madaniy sohalarda faol ishtirok etadi. Kiprda koʻplab muhim lavozimlarni egallagan va bir qancha davlat va xususiy kompaniyalar kengashlarida aʼzolik qilgan.

Yuridik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Androulla Vassiliou 1943-yil 30-noyabrda Britaniya Qibrisining Paphos shahrida dunyoga kelgan. 1961-yildan 1964-yilga qadar Londonda Middle Temple (Inn of Court) huquq maktabida tahsil olgan, soʻngra 1964–1966-yillarda Londonning Xalqaro munosabatlar boʻyicha Qirollik institutida xalqaro munosabatlar boʻyicha tahsil olgan. 1968-yilda Vassiliou Kiprga qaytib, yurist sifatida ishlay boshlagan. Shu bilan birga Standard Chartered Bank, keyinchalik Kipr bankida huquqiy maslahatchi boʻlib xizmat qilgan (bir vaqtning oʻzida turli korporatsiyalar boshqaruv kengashida ham faoliyat yuritgan). 1988-yilda Vassiliou oʻzining huquqiy faoliyatini toʻxtatgan, chunki uning turmush oʻrtogʻi Georgios Vassiliou Kipr Prezidenti boʻlgan.

Siyosiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vassiliou 1988-yildan 1993-yilgacha Kiprning birinchi xonimi boʻlgan.

Vassiliou 1996-yilda Birlashgan Demokratlar Harakati nomidan Kipr Vakillar Palatasiga deputat etib saylangan. 2001-yilda ham yana qayta saylanib, 2006-yilga qadar faoliyat yuritgan. Ushbu davr mobaynida Vassiliou Yevropa ishlari qoʻmitasi hamda Kipr va Yevropa Ittifoqi qoʻshma parlament qoʻmitasida xizmat qilgan. Shuningdek, Yevropa Konstitutsiyasini ishlab chiqqan Yevropa Konvensiyasida Kiprning muqobil vakili sifatida ham ishtirok etgan.

2001-yildan 2006-yilgacha Yevropa Liberal Demokrat va Islohotlar Partiyasining vitse-prezidenti hamda Yevropa Liberal Ayollar Tarmogʻining raisi lavozimlarida ishlagan.

2008-yil fevral oyida Vassiliou Sogʻliqni saqlash boʻyicha Yevropa komissari lavozimiga Markos Kyprianouning oʻrniga oʻrniga nomzod sifatida koʻrsatilgan. 2008-yil 3-martda Yevropa Komissiyasida uning oʻrnini egallagan. 9-aprel kuni 446 ta rozi, 7 ta qarshi va 29 ta betaraf ovoz bilan uning nomzodi maʼqul deb topilgan[2][3][4]. 2010-yil fevraldan boshlab Ikkinchi Barroso komissiyasi tarkibida unga Yevropa Komissiyasining Taʼlim, madaniyat, koʻp tillilik va yoshlar masalalari boʻyicha komissari lavozimi rasmiy tarzda topshirilgan.