Andros Townsend
|
Townsend Everton tarkibida (2021-yil) | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Andros Darryl Townsend[1] | ||
| Tavallud sanasi | 16-iyul 1991-yil[2] | ||
| Tavallud joyi | Leytonstone, London, Angliya | ||
| Boʻyi | 5 fut 11 inches (1.81 m)[3] | ||
| Ampluasi | Oʻng qanot vingeri[4] | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Kanchanaburi Power | ||
| Raqami | 30 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2000—2009 | Tottenham Hotspur | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2009—2016 | Tottenham Hotspur | 50 | (3) |
| 2009 | → Yeovil Town | 10 | (1) |
| 2009 | → Leyton Orient | 22 | (2) |
| 2010 | → Milton Keynes Dons | 9 | (2) |
| 2010 | → Ipswich Town | 13 | (1) |
| 2011 | → Watford | 3 | (0) |
| 2011 | → Millwall | 11 | (2) |
| 2012 | → Leeds United | 6 | (1) |
| 2012 | → Birmingham City | 15 | (0) |
| 2013 | → Queens Park Rangers | 12 | (2) |
| 2016 | Newcastle United | 13 | (4) |
| 2016—2021 | Crystal Palace | 168 | (13) |
| 2021—2023 | Everton | 21 | (3) |
| 2023—2024 | Luton Town | 28 | (1) |
| 2024—2025 | Antalyaspor | 18 | (0) |
| 2025— | Kanchanaburi Power | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2006—2007 | Angliya U16 | 3 | (0) |
| 2007—2008 | Angliya U17 | 6 | (2) |
| 2009—2010 | Angliya U19 | 6 | (0) |
| 2012—2013 | Angliya U21 | 3 | (0) |
| 2013—2016 | Angliya | 13 | (3) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 10-mart uchun) | |||
Andros Darryl Townsend (1991-yil 16-iyulda tugʻilgan) – angliyalik futbolchi, Tailandning Tay birinchi ligasi chempionatida ishtirok etuvchi „Kanchanaburi Power“ jamoasida oʻng qanot vingeri sifatida faoliyat olib boradi.
Tottenham Hotspur akademiyasini bitirgan Townsend, 2012-yil sentyabrda Premyer-ligadagi debyutini oʻtkazishidan avval, bir necha Angliya birinchi ligasi va Chempionship turniridagi ishtirokhi jamoalarida ijara asosida oʻynagan. Bu davrda Tottenhamdagi faoliyatida tarkibdagi raqobat sabab oz oʻyinlarda maydonga tushgan. 2013-yil Premyer-liganing Queens Park Rangers jamoasida yarim mavsumlik ijara muddatini oʻtagach, Townsend 2013—2015-yillarda Tottenhamning asosiy tarkibida mustahkam oʻrin egallagan. 2015-16-yilgi mavsumda avvalida jamoani tark etgan va Newcastle United klubida qisqa muddat toʻp surgan. 2016-yil yozida Crystal Palace jamoasiga oʻtgan. Palace safida besh yil oʻynagan. 2021-yilda Everton jamoasi bilan shartnoma imzolagan, biroq 2022-yilda olgan uzoq muddatli jarohat uning bu jamoadagi faoliyatiga toʻsqinlik qilgan. 2023-yilda Everton klubi bilan shartnomani yakunlagach, Luton Town jamoasi tarkibiga oʻtgan.
Townsend 2013-yil 11-oktyabrda Angliya terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushgab. Andros kattalar terma jamoasida jami 13 marta ishtirok etib, uch gol kiritishga muvaffaq boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Townsend Buyuk Londonning Leytonstoun shahrida tugʻilgan. U Troy Townsendning oʻgʻli boʻlib[5], otasi „Kick It Out“ tashkilotining rivojlanish boʻlimi boshligʻi hisoblanadi[6][7]. Townsendning otasi Yamayka, onasi esa Kipr yunonlari millatiga mansub[8]. U Chingfordda ulgʻaygan va bolaligidan „Tottenham“ jamoasining ashaddiy muxlisi boʻlgan. Townsend Rush Croft sport kollejida taʼlim olgan[9]. Andros 10 yoshida boʻlganida, 18 yoshli oʻgay akasi Kurtis avtohalokatda halok boʻlgan. Uning amakivachchalaridan biri – Colin Kazim-Richards ham professional futbolchi boʻlgan[10].
Townsend „Tottenham“ning boshqa yosh futbolchilari bilan birga kiyinish xonasida Ben E. Kingning „Stand By Me“ qoʻshigʻini kuylagan video internetda keng tarqalib, mashhur boʻlib ketgan[11].
Townsend 2019-yil dekabr oyidagi suhbatda oʻzining qimor oʻyinlariga mukkasidan ketganini va futbolga onlayn pul tikishga majbur boʻlganini tan olgan[12]. U 2012-yilda Birmingem uchun pley-off oʻyinidan oldingi kechada bitta garovga 46 000 funt sterling tikib, hammasini yoʻqotgan. Futbol assotsiatsiyasining qimor oʻyinlariga oid qoidalarini buzgani uchun jazolanganidan soʻng, u maslahatchilar yordamiga murojaat qilgan[13]. 2023-yil noyabrida „Luton Taun“ bilan qisqa muddatli shartnoma tuzgan Taunsend oʻzining jismoniy holatini yaxshilash va sportdagi faoliyatini uzaytirish ustida ishlayotganini maʼlum qilgan[14]. U umumiy jismoniy holatini oshirish maqsadida kollagenga boy boʻlgan tovuq oyoqlarini isteʼmol qilayotganini alohida taʼkidlagan[15]. Shuningdek, Townsend 2022-yilgi Jahon chempionati va Yevro-2024 musobaqalari davomida ITV telekanali uchun sharh beruvchi va hamsharhlovchi sifatida faoliyat yuritdi[16].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tottenham Hotspur
- Futbol ligasi kubogi sovrindori: 2014–15
- Angliya U19 terma jamoasi
- UEFA 19 yoshgacha boʻlgan Yevropa chempionati ikkinchi oʻrin sohibi: 2009[17]
Shaxsiy yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Premer-liga oyning eng chiroyli goli: 2017-yil mart[18], 2018-yil dekabr[19], 2021-yil sentyabr[20]
- Premer-liga mavsumning eng ajoyib goli: 2018–19[21]
- London futbol mukofotlari mavsumning eng zoʻr goli: 2019[22]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „UEFA Europa League 2014/2015: Booking List before Round of 32, 1st leg“. UEFA (2015-yil 11-fevral). Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
- ↑ „Andros Townsend“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
- ↑ „Andros Townsend“. Crystal Palace F.C.. 2018-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-fevral.
- ↑ „Andros Townsend“. Barry Hugman's Footballers. Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
- ↑ Rushden, Max; Glendenning, Barry; Townsend, Troy; Grove, Joel; Stephens, Danielle. „The life and times of Troy Townsend – Football Weekly“ (en-GB). the Guardian (2023-yil 27-iyun). Qaraldi: 2023-yil 28-iyun.
- ↑ „Kick It Out's Townsend: 'We are fed up with hashtags' in fight against racist abuse“ (en). ESPN.com (2021-yil 28-aprel). Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Father of Crystal Palace Winger Andros Townsend Slams West Brom's Appointment of Alan Pardew“ (en). 90min.com (2017-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.
- ↑ „First Greek Cypriot selected for the full England squad for world cup qualifiers“. Parikiaki (2013-yil avgust). Qaraldi: 2016-yil 1-iyul.
- ↑ „Professional Player Profiles: Andros Townsend“. Tottenham Hotspur F.C.. 2011-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Brewin, Joe. „Interview: "I'm not the Coca-Cola Kid – I'm Colin Kazim-Richards" From Bury to Brazil with football's misunderstood globetrotter“. FourFourTwo (2017-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 2-fevral.
- ↑ „Video: Most embarrassing Spurs video ever? Players sing 'Stand By Me' in the changing room!“. Talksport (2011-yil 22-dekabr). 2012-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-aprel.
- ↑ „Andros Townsend opens up about his gambling addiction: "I lost €54,000 in one night"“. Diario AS (2019-yil 5-dekabr). 2021-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
- ↑ „Andros Townsend opens up about his gambling addiction: "I lost €54,000 in one night"“. Diario AS (2019-yil 5-dekabr). 2021-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
- ↑ „Andros Townsend reveals he lost £46,000 gambling in bed on one night“. The Guardian (2019-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
- ↑ „Townsend eats chicken feet in bid to extend career“. BBC Sport (2023-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 14-noyabr.
- ↑ SmartLive, Ryan „Fans are calling Andros Townsend the 'best commentator at Euro 2024' after Croatia vs Albania“. SPORTbible (2024-yil 19-iyun). Qaraldi: 2024-yil 21-iyun.
- ↑ „England 0–2 Ukraine: Lineups“. UEFA. 2015-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Townsend strike voted Carling Goal of the Month“. Premier League. Qaraldi: 2017-yil 31-mart.
- ↑ „Townsend volley wins Carling Goal of the Month“. Premier League (2019-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ „Townsend claims Budweiser Goal of the Month“. Premier League (2021-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Andros Townsend: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2019-yil 6-avgust.
- ↑ „The London Football Awards 2019 – Celebrating the very best of London Football“. londonfootballawards.org. Qaraldi: 2019-yil 1-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda Andros Townsend haqida turkum mavjud |
- Andros Townsend – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
- 16-iyulda tugʻilganlar
- 1991-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Angliyalik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari
- Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari
- Ipswich Town F.C. futbolchilari
- Yeovil Town F.C. futbolchilari
- Leyton Orient F.C. futbolchilari
- Milton Keynes Dons F.C. futbolchilari
- Watford F.C. futbolchilari
- Millwall F.C. futbolchilari
- Leeds United F.C. futbolchilari
- Birmingham City F.C. futbolchilari
- Queens Park Rangers F.C. futbolchilari
- Newcastle United F.C. futbolchilari
- Crystal Palace F.C. futbolchilari
- Everton F.C. futbolchilari
- Luton Town F.C. futbolchilari
- Antalyaspor futbolchilari
- Kanchanaburi Power F.C. futbolchilari
- Angliya futbol ligasi futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Turkiya Super Ligasi futbolchilari
- Tailand 1 ligasi futbolchilari
- Angliyalik futbol sharhlovchilar
- Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- Angliyalik muhojir erkak futbolchilar
- Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Tailanddagi muhojir erkak futbolchilar

