Andrey Beliy (yozuvchi)
Andrey Beliy | |
---|---|
Tavalludi |
14 (26) oktyabr 1880-yil |
Vafoti |
8-yanvar 1934-yil Moskva, RSFSR, SSSR |
Ijod qilgan tillari | rus tili |
Fuqaroligi | Rossiya SSSR |
Yoʻnalish | simvolizm, madernizm |
Janr | roman, poeziya |
Andrey Beliy (haqiqiy ismi Boris Nikolayevich Bugayev; 14 (26-oktyabr 1880-yil, Moskva – 1934 yil 8 yanvar, Moskva) – rus yozuvchisi, shoir, matematik, tanqidchi, memuar, rus ramziyligi va umuman modernizmning yetakchi namoyandalaridan biri. „Peterburg“, „Kotik Letayev“, „Serebryaniy golub“ romanlari, „Pervoye svidaniye“ va „Glossolaliya“ nomli sheʼrlar, koʻplab hikoyalar va „Simfoniya“ eksperimental asari muallifi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boris Nikolayevich Bugayev 1880-yil 26-oktabrda Moskva universitetining fizika-matematika fakulteti dekani Nikolay Vasilyevich Bugayev (1837-1903) va uning rafiqasi Aleksandra Dmitriyevna oilasida tavallud topgan. Yigirma olti yoshigacha Moskvaning markazida, Arbatda yashagan; bolaligi va yoshligini oʻtkazgan uyda hozirda Andrey Beliy uchun yodgorlik lavhasi oʻrnatilgan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiy debyuti – „Simfoniya (ikkinchi dramatik)“ (M., 1902). Undan keyin „Severnaya simfoniya (birinchi qahramonlik)“ (1904), „Vozvrat“ (hikoya, 1905)[1], „Kubok meteley“ (1908)[2] nomli lirik asarlari ritmik nasr janrida oʻziga xos oʻrin egallaydi. Andrey Beliy simvolistlar bilan birgalikda, „ Mir iskusstva“, „ Noviy put“, „Vesi“, „ Zolotoye runo“, „ Pereval“ jurnallarida faoliyat olib borgan.
„Zoloto v lazuri“ (1904) sheʼrlar toʻplami ramziy yozilishi bilan ajralib turadi. U chet eldan qaytgach, „Pepel“ (1909; qishloq Rossiya tragediyasi) sheʼriy toʻplamlari, „Urna“ (1909), „ Serebryaniy golub“ romani (1909; alohida nashri 1910), ocherklarini nashr etgan.
1914-1915-yillarda „Boston ili Zapad“ trilogiyasining ikkinchi qismi boʻlgan „Peterburg“ romanining birinchi nashri chop etilgan. „Peterburg“ romani 1913-1914-yillarda nashr etilgan va 1922-yilda qayta koʻrib chiqilib yana chop etilgan. Roman rus simvolizmi va umuman modernizm nasrining choʻqqilaridan biri sifatida keng eʼtirof etilgan.
Rejalashtirilgan avtobiografik romanlar ketma-ketliginig birinchisi „Kotik Letayev“ (1914-1915-yillarda nashr etilgan va 1922-yilda yana qayta nashr etilgan); ikkinchisi „Kreshyonniy kitayets“ romani bilan davom ettirilgan (1921-yil nashr etilgan va 1927-yil yana qayta nashr etilgan). Andrey Beliy 1915-yilda „Rudolf Shteyner i Gyote v mirovozzrenii sovremennosti“ (Moskva, 1917) tadqiqotini yozgan.
Birinchi jahon urushini Gʻarb sivilizatsiyasining umumiy inqirozining koʻrinishi sifatida tushunish „Na perevale“ („I. Krizis jizni“, 1918; „II. Krizis misli“, 1918; „III. Krizis kulturi“, 1918) toʻplamida aksini topgan. 1922-yilda Berlinda R. Shtayner taʼlimoti va qiyosiy tarixiy tilshunoslik metodi asosida „ Glossolaliya“ nomli sheʼrini nashr etgan[3]. Sovet Rossiyasiga qaytgach (1923) „Moskva“ epik romanini („Moskvskiy chudak“, „Moskva pod udarom“, „Maski“), „Vospominaniya o Bloke“ nomli memuar asarini (1922-1923) yozgan. Shundan soʻng „Na rubeje dvux stoletiy“ (1930), „Nachala veka“ (1933), „Mejdu dvux revolyutsiy“ (1934) nomli trilogiyalarini ham yozgan.
Qissa va romanlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Serebryaniy golub (roman, 1909)
- Peterburg (roman, 1913, ikkinchi nashr – 1922)
- Kotik Letayev (roman, 1918)
- Kreshyonniy kitayets (roman, 1921)
- Zapiski chudaka (hikoya, 1922)
- Vozvrashenye na rodinu (hikoyadan parchalar, 1922)
- Moskva (epik roman, 1926-1932).
Poemalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Glossolaliya (1917)
- Xristos voskres (1918)
- Pervoye svidaniye (1918).
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2000-yilda Moskvada, Arbat va Denejniy koʻchalari burchagidagi uyda, Boris Bugayev oʻzining birinchi yigirma olti yilini yashagan „Andrey Beliy memorial lavhasi“, A. S. Pushkin davlat muzeyining filiali.
- 2005-yil 18-noyabrda Balashixa Kuchino mahallasida 1925-yil sentyabrdan 1931-yil aprelgacha shoir yashagan va ishlagan uyda Andrey Beliyning memorial uy-muzeyi ochilgan.
- 2015-yil 27-oktyabrda haykaltarosh Sergey Yaloza va Natalya Bazyuk Kuchino mahallasida shoirning uy-muzeyi roʻparasida shoirga atab balandligi taxminan ikki yarim metr boʻlgan bronza haykal yasashgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Белый, А.. Возврат : 3 симфония, M..
- ↑ Белый, А.. Кубок метелей: Четвертая симфония, M..
- ↑ „Темиршина О. Р. «Мне музыкальный звукоряд отображает мирозданье…»: глоттогония и космогония в «Глоссолалии» А. Белого // Вестн. Моск. ун-та. Сер. 9. Филология. 2012. № 3. С. 147.“. 2013-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-iyul.
- ↑ Дом-музей Андрея Белого // inbalashikha.ru. 2020. 13 января.