Kontent qismiga oʻtish

Andrey Annenkov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Andrey Annenkov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrey Mixaylovich Annenkov
Tavallud sanasi 21-yanvar 1969-yil (1969-01-21) (56 yosh)
Tavallud joyi Vinnitsa, Ukraina SSR
Boʻyi 1.82 m (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Himoyachi/Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi (yordamchi)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
DYuSSh–4 Kursk
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1986 Avangard Kursk 17 (0)
1988—1989 Iskra Smolensk 55 (0)
1990—1994 Dinamo Kiyev 54 (3)
1994   Dinamo-2 Kiyev 1 (0)
1995—1996 CSKA-Borysfen 28 (0)
1996 Dnipro Dnipropetrovsk 6 (0)
1997 Uralan Elista 41 (0)
1998 Kryvbas Kryvyi Rih 18 (0)
1998   Kryvbas-2 Kryvyi Rih 1 (0)
1999 Sokol Saratov 18 (0)
1999—2002 CSKA / Arsenal Kiyev 68 (2)
1999—2001   CSKA-2 Kiyev 9 (0)
2002 Irtish Pavlodar 15 (1)
2003—2004 Borysfen Boryspil 31 (2)
2003   Borysfen-2 Boryspil 7
2004   Boreks-Borysfen Borodianka 2
Total 368 (8)
Milliy terma jamoa
1992 Ukraina 1 (0)
Boshqargan klublari
2007—2008 Knyaja Shchaslive (yordamchi)
2008 Prykarpattia Ivano-Frankivsk (yordamchi)
2009—2013 Arsenal Kiyev yoshlar (yordamchi)
2014—2015 Arsenal Kiyev
2017—2021 Dinamo Kiyev U-19 (yordamchi)
2020 Ukraina U20 (yordamchi)
2021 Chornomorets Odesa (yordamchi)
2021—2023 Ukraina (yoramchi)
2023—2024 Armaniston (yoramchi)
2025— Neftchi (yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Andrey Mixaylovich Annenkov (ukraincha: Aндрiй Михайлович Aннєнков; ruscha: Aндрeй Михайлович Aннeнков; 1969-yil 21-yanvarda tugʻilgan) – ukrainalik sobiq professional futbolchi va hozirda futbol murabbiyidir. Andrey 2019-yilda jahon chempioni boʻlgan Ukraina U-20 terma jamoasida Oleksandr Petrakov murabbiylar shtabi aʼzosi edi. Shu munosabat bilan, Annenkov „Ukrainada xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya va sport davlat xodimi“ unvoni bilan taqdirlangan[1].

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaziy Ukrainaning Vinnitsa shahrida tugʻilgan Annenkov, futbolchilik faoliyatini Rossiya Federatsiyasining Kursk shahridagi sport maktablaridan birida boshlagan. U 1986-yilda Sovet Ittifoqining uchinchi divizioni (Ikkinchi Liga, 5-zona)da Rossiyaning „Avangard Kursk“ jamoasida oʻynab, professional faoliyatini boshlagan. Keyingi yili Annenkov Smolenskda harbiy xizmatni oʻtagan. Bu davrda u Havaskorlar (jismoniy tarbiya jamoalari) musobaqalarida SKA MVOning mahalliy armiya havaskorlar jamoasida oʻynagan. 1988—1989-yillarda Annenkov Sovet Ittifoqining uchinchi divizionida „Iskra Smolensk“ mahalliy armiya jamoasida toʻp surgan. 1990-yilda u Sovet Oliy ligasida oʻynagan Kiyevning „Dinamo“ klubiga taklif etilgan va oʻrinbosarlar jamoasi musobaqalarida ishtirok etgan. Shu yili Annenkov klubning qitʼa miqyosidagi musobaqalarida ilk bor maydonga tushgan.

Sovet Ittifoqi qulashi bilan Annenkov Ukrainaning oliy ligasi ishtirokchisi „Dinamo“ jamoasida qolgan va 1994—1995-yilgi mavsumning oʻrtalarigacha shu klubda oʻynagan.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Annenkov Ukraina terma jamoasi safida faqat bir marta maydonga tushgan. Bu oʻyin 1992-yil 26-avgustda Vengriyaga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvda boʻlib, unda Ukraina jamoasi oʻz maydonida 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchragan edi.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Annenkov murabbiylik faoliyatini 2007—2008-yillarda uchinchi ligadagi Knyaja (Kiyev atrofi) va qayta tiklangan Prikarpattiya jamoalarida yordamchi murabbiy sifatida boshlagan. 2009-yilda u Kiyevning „Arsenal“ sport maktabi murabbiylar jamoasiga qoʻshilgan.

2014-yil fevralda u qayta tiklangan Kiyev „Arsenal“ klubining bosh murabbiyi etib tayinlangan[2], ammo 2015-yil 8-avgustda yangi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagani sababli isteʼfoga chiqarilgan[3].

2017-yilda Annenkov „Dinamo U19“ yoshlar jamoasiga taklif etilgan va u yerda 2021-yilgacha faoliyat yuritgan. Shu davrda Oleksandr Petrakovning yordamchi murabbiyi sifatida Ukraina yoshlar terma jamoasiga 2019-yilda jahon chempioni boʻlishida koʻmaklashgan.

2021-yilda Yuriy Morozning yordamchisi sifatida Odessaning „Chornomorets“ klubi murabbiylar jamoasiga qoʻshilgan[4], biroq kalendar yili oxirida Moroz bilan birga isteʼfoga chiqqan.

2021-yil avgust oyida Petrakov Ukraina milliy terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlanganda, Annenkov ham u yerda uning yordamchisi boʻldi[5]. 2022-yil oxirida u butun murabbiylar jamoasi bilan birga lavozimini tark etgan. Keyinchalik, 2023—2024-yillarda Armaniston terma jamoasida Petrakov bilan hamkorlikda faoliyat olib bordi[6]. 2025-yil 16-aprelda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilanm shartnoma imzolagan va bosh murabbiy Vitaliy Levchenko shtabidan oʻrin olgan[7].

Dinamo Kiyev