Andreas Stjernen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andreas Stjernen
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi (erkak)
Tavallud paytidagi ismi Andreas Kolset Stjernen
Fuqaroligi  Norvegiya
Tavallud sanasi 30-iyul 1988-yil (1988-07-30) (35 yosh)
Levanger, Norvegiya
Sport
Qaysi sport (changʻida sakrash)
Klubi Sprova IL[1]

Andreas Kolset Stjernen (1988-yil 30-iyulda tugʻilgan) — norvegiyalik nafaqadagi changʻida uchish sportchisidir. Andreas sobiq changʻi sportchisi Xroar Stjernenning oʻgʻli hisoblanadi[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andreas 2005-yilning fevral oyida Brotterodda boʻlib oʻtgan Qitʼa kubogida debyut qilgan va ikki kun davomida toplagan natijalariga koʻra 49-oʻrinni egallagan..Birinchi marta 2006-yilning mart oyida Bishofshofenda 28-oʻrinni egallagan va kuchli oʻttizlik orasida birinchi marta 2009-yil mart oyida Trondxaymda sakkizinchi oʻrinni egallagan. 2009-yil dekabr oyida Lillexammerda jahon chempionatida debyut qilgan va 19-oʻrinni egallab, birinchi Jahon kubogi ochkolarini toʻplagan. Uning shaxsiy rekordi — 249 metr, 2016-yil 14-fevralda Vikersundda oʻrnatilgan. Stjernen 2017—2018-yilgi XCHF changʻi uchish boʻyicha Jahon kubogida gʻolib chiqgan va bu muvaffaqiyatga erishgan birinchi norvegiyalik boʻlgan.

Kolset Sprova IL va Trønderhopp sport klubini himoya qilgan va keyinchalik Levanger klubiga oʻtgan[3].

Jahon chempionati natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andreas ketma-ket 2009-yildan 2018—2019-yilgi qishgi musobaqalargacha qatnashgan. 2012—2013-yilgi musobaqalarda kichik tepalikdan sakrash boʻyicha fahrli uchinchi oʻrinni, 2017—2018-yilgi musobaqalarda esa yuqoridagi tur boʻyicha birinchi oʻrinni umumiy natijalarga koʻra uchinchi oʻrinni egallagan. 2013—2014-yilgi musobaqalarda qoʻnishdagi texnik xatolar tufayli urinishlar hisobga olinmagan.

Mavsum Umumiy 4H SF RA W5 P7 NT
2009—2010-yillar 56 41 Yoʻq Yoʻq Yoʻq 54
2010-2011-yillar 48 42 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2011-2012-yillar 37 48 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2012-2013-yillar 19 43 3rd Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2013-2014-yillar 43 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2014-2015-yillar 36 11 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2015-2016-yillar 12 15 10 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2016-2017-yillar 12 10 14 4 Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2017-2018-yillar 8 19 1st 3rd 22 8 Yoʻq
2018-2019-yillar 19 7 27 38 Yoʻq

Yakka tartibdagi gʻalaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andreas yakka tartibli bahslarda 2018-yilgi Xalqaro changʻida sakrash musobaqalarining kotta tepalik yoʻnalishi boʻyicha gʻolib deb topilgan. Musobaqa 2018-yil 13-yanvarda 235 metrlik sakrash nuqtasiga ega boʻlgan Bad Mitterdorf changʻida uchish majmuasida boʻlib oʻtgan. Ushbu mosabaqada Stjernen raqiblaridan yaqqol peshqadamlik bilan eng yuqori ochkolarni toʻplab, mutloq gʻoib sifatida koʻrilgan va 10000 evro pul mufoti taqdim etilgan.

Mavsum Sana Manzil Tepalik Hajmi
1 2017—2018-yillar18 2018-yil 13-yanvar Avstriya Tauplitz / Bad Mitterndorf Kulm HS235 FH

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Andreas STJERNEN“. olympicchannel.com. Olympic Channel Services. 15-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2020-yil.
  2. Hernes, Øystein. „Andreas Stjernen ble far for første gang: – En fantastisk følelse“ (norvegcha). vg.no (27-aprel 2017-yil). 2-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-yanvar 2018-yil.
  3. „Andreas Kolset Stjernen (1988) – Skattelister 2008“ (norvegcha). 2011-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2009-yil.