Andrea Conti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrea Conti
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2-mart 1994-yil (1994-03-02) (30 yosh)
Tavallud joyi Lecco, Italiya
Boʻyi 1.84 m[1]
Ampluasi O'ng qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sampdoria
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2013[2] Atalanta
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2017 Atalanta 47 (10)
2013—2014 → A.C. Perugia Calcio (ijara) 17 (0)
2014—2015 → S.S. Virtus Lanciano 1924 (ijara) 24 (0)
2017—2022 AC Milan 41 (0)
2021 → Parma Calcio 1913 (ijara) 11 (0)
2022- Sampdoria 7 (1)
Milliy terma jamoa
2010—2011 Italiya U17 9 (0)
2011 Italiya U18 1 (0)
2014 Italiya U20 3 (0)
2015—2017 Italiya U21 17 (1)
2017 Italiya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(30-iyun uchun)

Andrea Conti (talaffuzi: Andrea Konti) 1994-yil 2-martda Lombardiyada tavallud topgan. Italiyalik futbolchi „Sampdoria“ klubining toʻliq himoyachisi. Italiya terma jamoasida oʻynagan.

Jamoalardagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atalanta[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrea Conti Lombardiyaning Lekko shahrida tugʻilib oʻsgan. 2002-yilda Andrea Conti „Milan“ uchun muvaffaqiyatli sinovdan oʻtdi, biroq uyidan klubning Linate hududidagi mashgʻulot markaziga uzoqligi sababli jamoaga qoʻshilishni rad etdi. Unga „Milan“ning „Inter“ klubidan ham taklif bor edi, lekin oxir-oqibat „Atalanta“ning yoshlar akademiyasiga qoʻshildi va u yerda oʻn yildan ortiq Mattia Kaldara va Roberto Gagliardini bilan birga oʻynadi[3].

Perugia[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilning yozida Andrea Conti oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Perugia“ga ijaraga oʻtdi. 30-avgust kuni „Nocherina“ klubiga qarshi oʻyinda Andrea Conti yangi jamoada debyut qildi[4]. Mavsum oxirida Andrea Conti „Perugia“ga divizionga koʻtarilishda yordam berdi.

Virtus Lanciano[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning yozida Andrea Conti ikkinchi marta ijaraga berildi. „Virtus Lanciano“ uning yangi klubiga aylandi. Andrea Conti Italiya B seriyasida „Frosinone“ga qarshi debyut qildi. Ijara muddati tugagach, Andrea Conti „Atalanta“ga qaytdi.

Atalanta[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Andrea Conti mavsum uchun asosiy tarkibga kiritildi. 2016-yilning 6-yanvarida Italiya A seriyasida „Udinese“ga qarshi bahsda debyut qildi[5]. 3-fevral kuni „Hellas Verona“ga qarshi bahsda Andrea Conti „Atalanta“ safida ilk golini urdi[6]. 2016/2017-yilgi mavsumda Andrea Conti 8 ta gol urdi va bu koʻplab mashhur klublar, xususan, Milan eʼtiborini tortdi[7].

Parma[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 21-yanvarida, mavsum oxirigacha Andrea Conti „Parma“ga futbolchi sotib olish huquqi bilan ijaraga berildi[8]. Biroq, „Parma“ mavsumni jadval soʻnggida yakunlab, B seriyaga tushib qolgani sababli, sotib olish bandi faollashtirilmadi.

Sampdoria[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 10-yanvarda Andrea Conti „Sampdoria“ga koʻchib oʻtdi[9]. Andrea Conti „Sampdoria“ futbolchisi sifatida oʻzining birinchi intervyusida shunday dedi: „Avgust oyida transferga qaytishni umid qilgandim, ammo men bilmagan muammolar tufayli transfer amalga oshmadi. Keyingi oʻyinda jamoaga foydali boʻlaman degan umiddaman“.

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 31-may kuni San-Marinoga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Andrea Conti Italiya terma jamoasi safida debyut qildi[6].

2017-yilda Italiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Andrea Conti Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Andrea Conti Germaniya, Chexiya va Daniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[10][11][12].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum
A. C. Perugia  Italiya 2013-2014
S. S. Virtus Lanciano  Italiya 2014-2015
Atalanta B. C.  Italiya 2015-2017
A. C. Milan  Italiya 2017-2022
Parma Calcio 1913 (ijara)  Italiya 2021
U. C. Sampdoria  Italiya 2022-

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Andrea Conti“. U.C. Sampdoria. Qaraldi: 2-sentabr 2022-yil.
  2. „Accordo Di Collaborazione Sportiva“ (JPG). Gianlucadimarzio.com. Qaraldi: 7-iyul 2017-yil.
  3. „Gianluca Di Marzio :: Lo sgambetto alla compagna di classe, gli scherzi con Grassi e la dedizione al sacrificio. "Calciava contro al muro e poi diceva: 'Tanto pitturi tu…'": viaggio nel 'Mondo di Conti'“. Gianlucadimarzio.com. 22-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2017-yil.
  4. „Ночерина VS. Перуджа 2:2“. soccerway.com (30-avgust 2013-yil). 4-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2017-yil.
  5. „Удиинезе VS. Аталанта 2:1“. soccerway.com (6-yanvar 2016-yil). 14-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2017-yil.
  6. 6,0 6,1 „Эллас Верона VS. Аталанта 2:1“. soccerway.com (3-fevral 2016-yil). 10-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2017-yil.
  7. „«Милан» поднял предложение по Конти до 23 млн. евро“. sports.ru (20-iyun 2017-yil).
  8. „ANDREA CONTI JOINS PARMA“ (inglizcha). Parma Calcio 1913 (21-yanvar 2021-yil). 21-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
  9. „Conti è blucerchiato: arriva dal Milan a titolo definitivo“ (italyancha). U.C. Sampdoria (10-yanvar 2022-yil). 10-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
  10. „Италия (до 21) VS. Германия (до 21) 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (24-iyun 2017-yil). 10-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyul 2018-yil.
  11. „Чехия (до 21) VS. Италия (до 21) 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (21-iyun 2017-yil). 10-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyul 2018-yil.
  12. „Дания (до 21) VS. Италия (до 21) 0:2“ (inglizcha). soccerway.com (18-iyun 2017-yil). 10-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyul 2018-yil.