Andre Gomes
Andre Filipe Tavares Gomes (portugalcha: André Filipe Tavares Gomes)—portugaliyalik futbolchi.U markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi."Everton" klubi futbolchisi va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi.
Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Andre Gomes faoliyatini Portugaliya grandi-"Portu" tizimida boshlagan.U 2008/09-yilgi mavsumni kamtarona „Pastelira“ klubi akademiyasida oʻtkazgan,2009—2011-yillarda esa „Boavishta“ yoshlar jamoasida oʻynagan.2011-yilda Andre „Benfika“ yoshlar jamoasiga qoʻshildi.
2012-yilning 28-iyulida u „Benfika“ safida „Gil Visente“ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qildi[1].Andre 2012/13-yilgi mavsumni klubning ikkinchi jamoasi tarkibida boshlagan va u uchun toʻqqizta oʻyin oʻtkazib, toʻrt marta gol urgan.18-oktabr kuni u „Benfika“ safida „Freamunde“ga qarshi kubok bahsida rasmiy debyut qildi[2].Allaqachon 27-oktabr kuni Andre Portugaliya chempionatida „Gil Visente“ga qarshi oʻyinda debyut qilgandi va gol urgandi[3]. Umuman olganda 2012/13-yilgi mavsumda Andre Gomes chempionatda yetti oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan.
2015-yilning 13-iyunida „Valensiya“ futbolchining huquqlarini „Benfika“dan sotib oldi.Futbolchi ispan klubi bilan 2020-yilning yoziga qadar moʻljallangan shartnoma imzoladi[4]. Transfer summasi 15 million yevroni tashkil qildi.
2016-yilning 21-iyulida "Barselona" futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi."Valensiya" yarim himoyachi uchun 35 million yevro oldi, yana 20 million yevro bonus sifatida koʻrib chiqildi.
2018-yilning 9-avgustida Gomes 2018/19-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida 2,25 million yevro evaziga Angliyaning „Everton“ klubiga oʻtdi.Oʻyinchi „Everton“ safidagi ilk golini 2019-yilning 2-fevralida „Vulverxempton“ga qarshi oʻyinda kiritdi.Umuman olganda 2018/19-yilgi mavsumda u jamoa safida Premer-ligada 27ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urgan.2019-yilning yozida Gomes doimiy asosda „Everton“ga oʻtib,5 yillik shartnoma imzoladi[5].
2019-yilning 3-noyabr kuni „Tottenxem“ga qarshi oʻyinda Son Xyon Minning qoʻpol oʻyinidan soʻng oyogʻi singan edi. Bu jarohati sababli deyarli toʻrt oyni oʻtkazib yubordi va keyingi 2020-yil 23-fevralda "Arsenal" ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.Umuman olganda 2019/20-yilgi mavsumda u Premer-ligada „Everton“ning 19 ta uchrashuvida qatnashgan.
Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Andre Portugaliyaning turli yoshlar jamoalarida oʻynagan.20 yoshgacha boʻlgan Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida u 2013-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi va uning jamoasi 1/8 finalgacha chiqdi.
U Portugaliya terma jamoasiga ilk chaqiruvni 2013-yilning 6-fevralida oldi, biroq oʻsha oʻyinda u zaxirada qoldi[6].2014-yilning 7-sentabrida u Portugaliya terma jamoasi safida Yevro-2016 saralash bosqichi doirasidagi Albaniyaga qarshi oʻyinda (0:1) debyut qildi.2016-yilning yozida u Portugaliya terma jamoasining Yevropa chempionati uchun arizasiga kiritildi.Musobaqada u beshta oʻyinda qatnashib, jamoasiga tarixda birinchi marta Yevropa chempioni boʻlishiga yordam berdi.
2017-yilning yozida u Portugaliya terma jamoasi tarkibida 2017-yilgi Konfederasiyalar kubogida ishtirok etgan.U musobaqada toʻrtta oʻyinda ishtirok etdi va portugaliyaliklar uchinchi oʻrinni egalladi.JCH-2018 saralashida u terma jamoaning yettita oʻyinida qatnashdi, ammo musobaqaning oʻzi uchun arizaga kiritilmadi.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]
- "Benfika"
- Portugaliya chempioni-2013/14
- Portugaliya liga kubogi sohibi-2013/14
- "Barselona"
- Portugaliya terma jamoasi
- Yevropa chempioni-2016
- Konfederasiyalar kubogi bronza medali sohibi-2017
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Nova chapa cinco“ (pt). O Jogo (28-iyul 2012-yil). Qaraldi: 4-avgust 2012-yil.
- ↑ „Taça: Benfica cruise past Freamunde“. PortuGOAL (18-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2012-yil.
- ↑ „New-look Benfica return to table top“. PortuGOAL (28-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2012-yil.
- ↑ „André Gomes joins Valencia CF on a permanent deal through to 2020“ (en). Valencia CF (12-iyun 2015-yil). 26-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-fevral 2016-yil.
- ↑ „источник“. [sayt ishlamaydi]
- ↑ „«Jesus tem-me ensinado muita coisa» – André Gomes“ (pt). A Bola (4-fevral 2013-yil). Qaraldi: 4-fevral 2013-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Everton“ning rasmiy saytida futbolchining profili(ingl.) )