André Silva
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
André Miguel Valente da Silva (talaffuzi: André Miguel Valente da Silva; 1995-yil 6-noyabrda Portugaliyaning Bagin-du-Monte shahrida tugʻilgan) — portugaliyalik futbolchi, „RasenBallsport Leipzig“ futbol klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | André Miguel Valente da Silva | ||
| Tavallud sanasi | 6-noyabr 1995-yil | ||
| Tavallud joyi | Baguim do Monte, Portugaliya | ||
| Boʻyi | 1.84 m | ||
| Ampluasi | hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | RB Leipzig | ||
| Raqami | 19 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2003—2007 | Salgueiros | ||
| 2007—2008 | Boavista | ||
| 2008—2010 | Salgueiros | ||
| 2010—2011 | Padroense | ||
| 2011—2014 | Porto | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2013—2016 | Porto B | 84 | (24) |
| 2015—2017 | Porto | 41 | (17) |
| 2017—2020 | AC Milan | 25 | (2) |
| 2018—2019 | → Sevilla (ijara) | 27 | (9) |
| 2019—2020 | → Eintracht Frankfurt (ijara) | 25 | (12) |
| 2020—2021 | Eintracht Frankfurt | 32 | (28) |
| 2021— | RB Leipzig | 48 | (13) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2009—2010 | Portugaliya U16 | 12 | (2) |
| 2010—2011 | Portugaliya U17 | 11 | (2) |
| 2011—2012 | Portugaliya U18 | 10 | (0) |
| 2012—2014 | Portugaliya U19 | 24 | (16) |
| 2014—2015 | Portugaliya U20 | 10 | (8) |
| 2015—2016 | Portugaliya U21 | 3 | (4) |
| 2016— | Portugaliya | 52 | (19) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (12-noyabr uchun) | |||
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]André Silva „Porto“ futbol akademiyasi bitiruvchisi. 2013-yil 12-avgustda „Beira-Mar“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u ikkinchi boʻlimda To Ze oʻrniga Segunda Ligada zaxira jamoasida debyut qilgan[1]. 21-avgust kuni „Portimonense“ futbol klubiga qarshi bahsda André Silva oʻzining birinchi golini urgan[2]. 2015—2016-yilgi mavsumda u jamoaga ikkinchi divizion chempionligini qoʻlga kiritishda yordam bergan va oʻzi ham uning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2015-yil 29-dekabrda Portugaliya Liga kubogi oʻyinida „Marítimo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda André Silva birinchi jamoadagi debyutini oʻtkazgan[3]. 2016-yilning 2-yanvarida Lissabonning „Sporting“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u Sangrish ligasida debyut qilgan va ikkinchi boʻlimda Vincent Aboubakar oʻrniga maydonga tushirilgan[4]. 14-may kuni „Boavista“ futbol klubiga qarshi bahsda André Silva „Porto“ futbol klubi safida ilk golini urgan[5]. 17-avgust kuni Chempionlar ligasi saralash bosqichida Italiyaning „Roma“ futbol klubiga qarshi oʻyinda André Silva gol urgan[6]. 18-oktyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichida Belgiyaning „Bryugge“ futbol klubiga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, g‘alaba to‘pini kiritgan[7] .
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]
2014-yilda 19 yoshgacha boʻlgan Portugaliya terma jamoasi tarkibida André Silva Vengriyada boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan[8][9]. Turnirda u Isroil, Vengriya, Avstriya, Serbiya va Germaniya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[10][11][12].
2015-yilda Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida André Silva Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[13][14]. Turnirda u Qatar, Senegal, Yangi Zelandiya, Kolumbiya va Braziliya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[15][16]. Senegallik, qatarlik va kolumbiyaliklarga qarshi bahslarda André Silva toʻrtta gol urgan[17].
1-sentyabr kuni Gibraltarga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida André Silva ikkinchi boʻlimda Eder oʻrniga Portugaliya terma jamoasida debyut qilgan[18]. 7-oktyabr kuni JCh-2018 saralash turniri doirasida Andorra terma jamoasiga qarshi oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urgan[19]. Oradan 3 kun oʻtib Farer orollari terma jamoasiga qarshi oʻyinda André Silva xet-trik qayd etgan[20].
2017-yilda André Silva Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan[21][22]. Turnirda u Rossiya, Yangi Zelandiya, Chili va ikki marta Meksika jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Yangi zelandiyaliklarga qarshi kechgan bahsda André Silva gol urgan[23][24][25].
2018-yilda André Silva Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan[26][27]. Turnirda u Ispaniya, Eron va Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[28].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| F. C. Porto B |
2013—2014 | 20 | 3 | — | — | 20 | 3 | ||
| 2014—2015 | 35 | 7 | — | — | 35 | 7 | |||
| 2015—2016 | 29 | 14 | — | — | 29 | 14 | |||
| Jami | 84 | 24 | 0 | 0 | 0 | 0 | 84 | 24 | |
| F. C. Porto |
2015—2016 | 9 | 1 | 5 | 2 | 0 | 0 | 14 | 3 |
| 2016—2017 | 32 | 16 | 2 | 0 | 10 | 5 | 44 | 21 | |
| Jami | 41 | 17 | 7 | 2 | 10 | 5 | 58 | 24 | |
| A. C. Milan |
2017—2018 | 24 | 2 | 2 | 0 | 14 | 8 | 40 | 10 |
| Sevilla F. C. |
2018—2019 | 27 | 9 | 4 | 2 | 8 | 0 | 39 | 11 |
| Jami | 27 | 9 | 4 | 2 | 8 | 0 | 39 | 11 | |
| A. C. Milan |
2019—2020 | 1 | 0 | — | — | 1 | 0 | ||
| Jami | 25 | 2 | 2 | 0 | 14 | 8 | 41 | 10 | |
| Eintracht Fráncfort |
2019—2020 | 25 | 12 | 3 | 2 | 9 | 2 | 37 | 16 |
| 2020—2021 | 32 | 28 | 2 | 1 | — | 34 | 29 | ||
| Jami | 57 | 40 | 5 | 3 | 9 | 2 | 71 | 45 | |
| R. B. Leipzig |
2021—2022 | 33 | 11 | 6 | 2 | 12 | 4 | 51 | 17 |
| 2022—2023 | 15 | 2 | 3 | 2 | 6 | 3 | 24 | 7 | |
| Jami | 48 | 13 | 9 | 4 | 18 | 7 | 75 | 24 | |
| Umumiy faoliyatida | 282 | 105 | 27 | 11 | 59 | 22 | 368 | 138 | |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Бейра-Мар VS. Порту 2:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 12-avgust).
- ↑ „Портимоненси VS. Порту 0:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 21-avgust).
- ↑ „Порту VS. Маритиму 1:3“ (en). soccerway.com (2015-yil 29-dekabr).
- ↑ „Спортинг Лиссабон VS. Порту 2:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 2-yanvar).
- ↑ „Порту VS. Боавишта 4:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 14-may).
- ↑ „Порту VS. Рома 1:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 17-avgust).
- ↑ „Брюгге VS. Порту 1:2“ (en). soccerway.com (2016—10—18).
- ↑ „Австрия (до 19) VS. Португалия (до 19) 1:2“ (en). soccerway.com (2014—07—25).
- ↑ „Португалия (до 19) VS. Израиль (до 19) 3:0“ (en). soccerway.com (2014—07—19).
- ↑ „Венгрия (до 19) VS. Португалия (до 19) 1:6“ (en). soccerway.com (2014—07—22).
- ↑ „Португалия (до 19) VS. Сербия (до 19) 0:0“ (en). soccerway.com (2014—07—28).
- ↑ „Германия (до 19) VS. Португалия (до 19) 1:0“ (en). soccerway.com (2014—07—31).
- ↑ „Катар (до 20) VS. Португалия (до 20) 0:4“ (en). soccerway.com (2015-yil 3-iyun).
- ↑ „Португалия (до 20) VS. Сенегал (до 20) 3:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 31-may).
- ↑ „Колумбия (до 20) VS. Португалия (до 20) 1:3“ (en). soccerway.com (2015-yil 6-iyun).
- ↑ „Бразилия (до 20) VS. Португалия (до 20) 0:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 14-iyun).
- ↑ „Португалия (до 20) VS. Новая Зеландия (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 11-iyun).
- ↑ „Португалия VS. Гибралтар 5:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 1-sentyabr).
- ↑ „Португалия VS. Андорра 6:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 7-oktyabr).
- ↑ „Фарерские острова VS. Португалия 0:6“ (en). soccerway.com (2016-yil 10-oktyabr).
- ↑ „Россия VS. Португалия 0:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 21-iyun).
- ↑ „Новая Зеландия VS. Португалия 0:4“ (en). soccerway.com (2017-yil 24-iyun).
- ↑ „Португалия VS. Мексика 2:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 18-iyun).
- ↑ „Португалия VS. Мексика 2:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 2-iyul).
- ↑ „Португалия VS. Чили 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 28-iyun).
- ↑ „Уругвай VS. Португалия 2:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 30-iyun).
- ↑ „Португалия VS. Испания 3:3“ (en). soccerway.com (2018-yil 15-iyun).
- ↑ „Иран VS. Португалия 1:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 25-iyun).
- 6-noyabrda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Portugaliyalik erkak futbolchilari
- Padroense F.C. futbolchilari
- FC Porto B futbolchilari
- FC Porto futbolchilari
- Serie A futbolchilari
- AC Milan futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Sevilla FC futbolchilari
- Real Sociedad futbolchilari
- Elche CF futbolchilari
- Bundesliga futbolchilari
- Portugaliya terma jamoasi futbolchilari
- Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari
