Kontent qismiga oʻtish

Andorraning diniy tarkibi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andorra konstitutsiyasi din erkinligini taʼminlaydi va hukumat hozirga vaqtda ushbu qonunni qoʻllab quvvatlaydi. Mamlakatda rasmiy davlat dini yoʻq, ammo Konstitutsiya Rim-katolik cherkovi bilan alohida munosabatlarni tan oladi, u baʼzi imtiyozlarga ega boʻlsa-da, toʻgʻridan-toʻgʻri subsidiyalarsiz, boshqa diniy guruhlarga kira olmaydi[1].

Andorra aholisi 82 887 kishi (2020-yil holatiga koʻra). Andorra mamlakati aholisining 80 % ga yaqini katolik diniga eʼtiqod qiladi[2]. Ularning homiysi Merixelning xonimidir[1]. Uning sharafiga 8-sentabr kuni mamlakatda milliy bayram oʻtkaziladi[1]. Andorrada yana 17,5% protestanizm va yana 2% aholi esa dinsiz hisoblanadi, Andorra davlati aholisining 0,5% esa boshqa din vakillari sanaladi.

Aholisi asosan Ispaniya, Portugaliya va Fransiyadan kelgan muhojirlardan iborat boʻlgan Andorra mamlakatida toʻliq fuqarolar umumiy sonining 36 % dan kamrogʻini tashkil qiladi. Immigrantlar ham asosan katoliklardir. Hisob-kitoblarga koʻra, katoliklarning yarmi cherkovga faol boʻlib boradi.

Katoliklardan tashqari, mamlakatda xristian dinining boshqa vakillari ham isteʼqomat qiladi: Jumladan, Anglikan, Yangi Apostol cherkovlari, shuningdek, Iso Masihning Soʻnggi zamon avliyolari cherkovi va Iegova guvohlari ham Andorra mamlakatida keng tarqalgan[3].

Kichik musulmon jamoasi asosan Shimoliy Afrikadan kelgan muhojirlardan tashkiltopgan[3]. Mamlakatda hindu va bahoiylarning kichik jamoasi ham mavjud[4][5]. Andorrada yashovchi 100 ga yaqin yahudiylar yahudiylikni ham isteʼqomat qiladi va Andorra mamlakati ushbu dinni ham tan olgan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Религия в Андорре“ (ru). rukivnogi.com. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  2. 1615 L. St NW, Suite 800 Washington, DC 20036 USA202-419-4300 | Main202-419-4349 | Fax202-419-4372 | Media Inquiries. „Table: Christian Population as Percentages of Total Population by Country“ (en-US). Pew Research Center’s Religion & Public Life Project (2011-yil 19-dekabr). 2018-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
  3. 3,0 3,1 „Andorra | Encyclopedia.com“. www.encyclopedia.com. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  4. „Andorra, Religion And Social Profile | National Profiles | International Data | TheARDA“. www.thearda.com. 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
  5. „Wolfram|Alpha: Country Information for Andorra: maps, flags, …“. web.archive.org (2012-yil 8-mart). 2012-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  6. Bureau of Public Affairs Department Of State. The Office of Electronic Information. „Andorra“ (en). 2001-2009.state.gov. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.