Andijon qora uzumi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Andijon qora uzumi, Qora andijoniy, Qora – xalq seleksiyasida chiqarilgan o‘rtapishar xo‘raki va may-izbop uzum navi. Tupi kuchli o‘sadi. Bar-gi to‘garak, besh bo‘lmali, kertikli, to‘q yashil, orqa tomoni tuksiz. Guli ikki jin-sli. Uzum boshi cho‘ziq, 250-300 g, shingillari tig‘izligi o‘rtacha. G‘ujumi yirik, dumaloq, rangi tim qora, po‘sti yupqa, tarang, eti shirali, tarkibida 25–27% qand moddasi bor. Hosili faol harorat 2700-2750° bo‘lganda 128–140 kunda pi-shib yetiladi (avgust oxiri). Hosildorligi 150–200 s/ga. Zamburug‘li kasalliklar va zararkunandalarga chidami o‘rtacha, sovuqqa chidamsiz. Farg‘ona va Andijon viloyatlarida keng tarqalgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil