Andijon qoʻzgʻoloni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Andijon qo‘zg‘olonidan yoʻnaltirildi)

Andijon qoʻzgʻoloni (1898) — oʻzbek xalqining mustamlakachilik va milliy zulmga qarshi ozodlik harakati. Dukchi Eshon qoʻzgʻoloni (voqeasi) nomi bilan ham mashhur. Unga Andijon uyezdining Mingtepa qishlogʻilik Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli rahbarlik qilgan.

Turkistonda Rossiya imperiyasining 19-asr ikkinchi yarmida oʻrnatgan mustamlakachilik tuzumi mahalliy aholini siyosiy huquqlardan mahrum etdi, milliy, diniy qadriyatlarini tahqirladi, iqtisodini esa imperiya maqsadlariga boʻysundirib, xalqning turmushi, moddiy ahvolini yomonlashtirib, qashshoqlanishiga olib keldi. Ayniqsa Fargʻonada Rossiya sanoati uchun zarur boʻlgan paxta xom ashyosini yetishtirishga zoʻr berilishi natijasida viloyatdagi aholi hayoti nihoyatda ogʻirlashdi. Ogʻir mehnat sharoitida yetishtiriladigan paxta xom ashyosi arzimas narxda sotib olinib, Rossiyaga olib ketilar, dehqon esa bundan durust moddiy manfaat koʻrmay, aksincha, turli xil ogʻir soliq, toʻlov va qarzlar iskanjasida yil sayin qashshoqlashib borardi. Viloyatda paxta ekin maydonlarining tez sur’at bilan oʻsib borishi gʻalla mahsulotlari, bugʻdoy yetishtirishni keskin kamayishiga, aholini chetdan keladigan gʻallaga qaram boʻlishiga olib keldi. Rossiyadan keltirilgan yuqori narxdagi bugʻdoyni sotib olib, isteʼmol qilishga esa qashshoqlashgan dehqonlarning qurbi yet-may, ahvollari yanada ogʻirlashdi. Chorizmning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy, siyosiy, milliy zulmi ham cheksiz edi. Siyosiy huquqlardan mahrum etilgan aholi oʻlkani idora qilish ishiga mutlaqo yaqinlashtirilmasdi. Maorif, tibbiy xizmat, obodonchilik ishlari qarovsiz holda boʻlib, mustabid maʼmuriyat bunga mut-laqo mablagʻ ajratmasdi. Mahalliy ahamiyatga molik sarf-harajatlar aholi zimmasiga yuklatilgandi. Hukmron millat vakillari alohida imkoniyat va huquklarga ega boʻlgan holda mahalliy aholi huquqsizlik, zulm va zoʻravonlikdan azob chekardi. Buning ustiga mahalliy aholining unumdor yerlari Rossiyadan koʻchirib keltirilgan dehqonlarga tortib olib berilgan boʻlib, yer-suv munosabatlari masalasida ham adolatsizlik avjiga chiqqandi. Chorizm hukmronligi davrida oʻlkada mustamlakachilar turmush tarzi orqali kirib kelgan maishatparastlik, qimorbozlik, ichkilikbozlik singari illatlar mahalliy aholining maʼnaviy-axloqiy ruhiyati, qadriyatlariga putur yetkaza boshlagandi. Bu illatlarning barchasi bir boʻlib mahalliy xalqning mustamlakachilarga nisbatan nafratini oshirib, milliy, insoniy gʻururi, nafso-niyatini tahqirlab, bularga chek qoʻyish istagi kun sayin avj olib borgan, milliy ozodlik tuygʻulari junbushga kelgan. Qoʻzgʻolondan 3 yil oldin — 1895-yilda Muhammadali eshon Margʻilon, Oʻsh uyezdlarida lavozimini qayta tikladi. Shundan soʻng qishloqlarda ikki hokimiyatchilikni eslatadigan bir holat yuzaga keladi — xalqqa bir tomondan mustabid chorizm hukumati vakili boʻlgan volost boshligʻi, ikkinchi tomondan oddiy xalq xohish-irodasini ifodalagan rais rahbarlik qila boshlaydi. Bu holat mustamlakachi maʼmurlar bilan xalq oʻrtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtiradi. Mustamlakachilar zulmidan ezilgan xalq Dukchi Eshonga murojaat qilib erk uchun muqaddas kurashga fatvo berishini hamda bu kurashga rahnamolik qilishini soʻraydi. Xalq noroziligining jilovlab bo‘lmaydigan darajada kuchayib ketganligini koʻrgan Dukchi (Muhammadali) Eshon uyida Fargʻona viloyatining turli boʻlimlaridan kelgan vakillar ishtirokida maxsus kengashi boʻladi. Shu kengashda Muhammadali eshon yigʻilganlarni mustamlakachilarga qarshi bosh koʻtarishga, ularni yurtdan haydab, ona Vatan mustaqilligini tiklash uchun kurashga chaqiradi. Koʻpchilik bu taklifni maʼqullaydi. Kengashda Muhammadali Eshon maʼlum qilgan rejaga binoan mu-stabid hukumatning vodiydagi 3 shahar — Andijon, Margʻilon va Oʻshda joylashgan harbiy lagerlariga bir kunda hujum qilishga, bu hujum muvaffaqiyatli tu-gasa, Qoʻqonda ham qoʻzgʻolon koʻtarishga kelishiladi. Margʻilondagi harbiy la-511gerga Inoyatxon Toʻra, Oʻshdagi harbiy lagerga Umarbek dodxoh, Andijondagi harbiy lagerga esa Muhammadali eshon boshchiligida hujum qilinishi kerak edi. 1898-yil 17-may kuni Muhammadali eshon xalqqa murojaat kilib, ularni mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarishga daʼvat etadi. Qoʻzgʻolonchilar Muhammadali eshon boshchiligida Ming-tepadan Andijon shahri tomon yoʻl olishadi. Yoʻl-yoʻlakay qoʻzgʻolonchilar safi toʻlib borib, shaharga yaqinlashganlarida ularning soni 2000 ga yetadi. Shahar yaqinida Muhammadali eshon oʻz jangchilarini oxirgi marta koʻrikdan oʻtkazadi. U qoʻzgʻolonchilarni 5 qismga boʻlib, har qaysi qismga bittadan bayroq beradi. gʻarbiy lagerga qilinadigan hujum oldidan soʻnggi nutqini soʻzlaydi. U qoʻzgʻolonchilarni oxirgi daqiqalargacha oʻz qasamyodiga sodiq qolishga, Vatan ozod-ligi uchun muqaddas kurashga daʼvat etdi. Soʻngra qoʻzgʻolonchilar Andijon harbiy lageriga hujum qiladilar. Toʻqnashuv paytida harbiy garnizon jangchilaridan 22 kishi oʻldirildi, 24 askar yarador boʻldi. Yarim soat davom etgan qattiq jangdan soʻng jangovar tayyorgarligi durust boʻlmagan va qurol-yarogʻi nochor qoʻzgʻolonchilar guruhi toʻqnashuv joyida oʻlgan 11 nafar va yarador boʻlgan 8 nafar odamlarini qoldirib chekinishadi. Margʻilon va Oʻsh uyezdlaridagi harbiy garnizonlarga hujum uyushtirish rejalari esa amalga oshmay qoladi, chun-ki chor amaddorlari bundan xabar topib, mudofaa uchun zarur choralarni koʻrib ulguradilar. Oʻsh uyezdida mustabid hukumatga sotilgan xoin — uyezd ming-boshisi Qorabek Hasanov oʻz xalqiga xiyo-nat qilib, mustamlakachilarning harbiy kuchlariga qarshi tayyorlanayotgan hujum haqida podpolkovnik Zaysevga xabar yet-kazadi. Bu voqeadan xabar topgan Umar-bek dodxoh yaxshi qurollanmagan xalqni qurollangan, shay turgan harbiylarga qarshi qoʻzgʻolonga boshlashga jur’at et-maydi. Margʻilon harbiy lageriga hujum ham amalga oshmadi. 17-may kuni kechqurun belgilangan joyga odam toʻplanmadi. Buning ustiga shu kuni yakshanba, yaʼni dam olish kuni boʻlib, harbiy lagerda qandaydir marosim boʻlayotgandi. Bunday vaziyatda hujum boshlash xatarli edi. Shu bois Inoyatxon Toʻra oʻz odamlari bilan An-dijonga joʻnab ketgan qoʻzgʻolonchilarni quvib yetib, ular safiga qoʻshiladi. Qoʻzgʻolon haqidagi xabarlar Na-mangan uyezdi va Yettisuv viloyatiga ham yetib bordi va bu yerdagi aholi to-monidan qoʻllab-quvvatlandi. Yettisuv viloyatining Avliyoota uyezdida Shodi-bek xalfa ismli eshon boshchiligida toʻplangan yuzdan ortiq odamlar dovonlar qordan biroz tozalangach, Andijon tomon harakat qildilar. Bundan xabar topgan mustabid hukumat qoʻshinlari Namangan va Andijondan ularga qarshi yurdilar va oradan besh kun oʻtgach, Sho-dibek xalfani 23 nafar odami bilan qoʻlga oddilar. Namanganda harbiylar yashi-rin ravishda togʻ soʻqmoqlarini kezib, 29 nafar qoʻzgʻolonchini, shular qatori 4 boshligʻini ham ushlashdi. Oʻsha kunlarda Yettisuv viloyatining Prjevalsk va Bishkek uyezdlarida, Sirdaryo viloya-tining Xovos temir yoʻl bekatida ham mirshablar bilan mahalliy aholi oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlar boʻlib oʻtdi. Andijondagi qoʻzgʻolondan xabar topgan Chor Rossiyasi hukmdori Niko-lay II qoʻzgʻolonchilardan shafqatsiz oʻch olishni buyuradi. Bu ishga rahbarlik qilish oʻta shovinist sifatida dong ta-ratgan Sirdaryo viloyati harbiy guber-natori Andijon qoʻzgʻoloni Korolkovga topshiriladi. Mustamlakachilar Andijon qoʻzgʻoloni munosabati bilan butun Fargʻona vodiysida dahshatli qatagʻon uyushtirdilar. Birinchi navbatda qoʻzgʻolon rahbari Muhammadali eshon va uning yaqin maslaqdoshlaridan 5 na-fari 1898-yil 12-iyunda Andijon shahri mar-kazida butun vodiy jamoatchiligining 8 mingga yaqin vakili koʻz oʻngida osib oʻldirildi. Keyin boshqalar jazolandi. Qoʻzgʻolonchilardan 18 nafari osib oʻldirishga hukm qilindi. 344 nafari 5124-yildan 20 yilgacha muddatga, 3 nafari umrbod katorgaga, 8 nafari turli mud-datga qamoq jazosiga hukm qilindilar. 18 kishi Sibirga surgun qilindi. Jami 388 kishi jazolandi. Qoʻzgʻolon marka-zi boʻlgan Mingtepa, Qashgʻar, Tojik qishloqlari uch kun toʻplardan oʻqqa tuti-lib, kultepaga aylantirildi. Jazoga tortilgan qoʻzgʻolonchilarning ijtimoiy tarkibi tahlilidan maʼlum boʻlishicha, ularning koʻpchiligi dehqon va hunarmandlardan iborat boʻlib, sardorlari orasida 2 nafar dodxoh (general), 7 nafar ponsod (polkovnik), 2 nafar sobiq bek, 40 nafar mulla, 2 nafar mudarris boʻlgan. Yaʼni, Andijon qoʻzgʻoloni aholining turli toi-fasi vakillarini qamrab olgan tom maʼ-nodagi xalq qoʻzgʻoloni boʻlgan. Andijon qoʻzgʻoloni Turkiston hayotida tasodi-fiy hodisa emas edi. Bunga qadar ham oʻlkada mustamlakachilarga qarshi bosh koʻtarilgan. Andijon qoʻzgʻoloni 19-asrning soʻnggi choragi-dagi eng kuchli ozodlik kurashi edi. Ammo puxta tayyorgarlik koʻrilmaganligi, harbiy imkoniyatlari zaifligi, keng doirada uyushmaganligi tufayli magʻlubiyatga uchradi. Qoʻzgʻolonning ta-rixiy ahamiyati shundaki, u mazlum xalqning siyosiy ongi va kurash tajriba-sining oʻsishida muhim rol uynadi. Gar-chand A.Q- tor-mor etilgan boʻlsada, lekin oʻzbek xalqining mustaqillik va ozodlik uchun olib borgan kurashlarining eng yorqin namunalaridan biri boʻlib qoldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida Andijon shahrining Mirpoʻstin va Navoiy koʻchalari orasidagi koʻchaga (avvalgi Yangi Oʻsh koʻchasi) „Dukchi Eshon“ nomi berildi. Ad. Fozilbek Otabek oʻgʻli, Dukchi Eshon voqeasi, T., 1992; Egamnazarov A., Siz bilgan Dukchi Eshon, T., 1994; Oʻzbekistonning yangi tarixi, birinchi kitob [Turkiston chor Rossiyasi davrida], T., 2000.Dono Ziyayeva, Alinazar Egamnazarov.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil