Andijon qishloq xoʻjaligi instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search


Andijon qishloq xo‘jaligi instituti – qishloq xoʻjaligi mu-taxassislari tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti. Andijon tumanining Kuyganyor shaharchasida joylashgan. Institut 1964 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexaniza-siyalash injenerlari instituti bo‘limi aso-sida barpo etilgan Andijon paxtachilik instituti negizida 1992 yil 28 fevr.da tash-kil etilgan. Institut tarkibida agronomiya, agroinjenerlik, iqtisodiyot, sirtqi va malaka oshirish fakultetlari va 21 kafe-doktora mavjud bo‘lib, 10 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi. Bular – agronomiya, meva-sabzavotchilik va tokchilik, o‘simliklarni himoya qilish, ipakchilik, zootexniya, agroinjenerlik, suv xo‘jaligi va melioratsiya, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit, agroinje-nerlik bo‘yicha kasbiy pedagogik tayyor-garlik ta’lim yo‘nalishlaridir. Institut qoshida akademik litsey, litsey-instituternat va o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatadi (2000).1999/2000 o‘quv yilida institutda 3 ming atrofida talaba o‘qidi; 200 professor-o‘qituvchi, jumladan 1 akademik, 7 fan doktori, professor, 100dan ortiq fan nomzodi, dotsent ishladi. Institut tashkil etilgandan beri 12 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi; 4 ming rahbar kadrlar va mutaxassislar qayta tayyorlandi (2000). Institut olimlari tomonidan darslik, o‘quv qo‘llanma, il-miy-metodik to‘plamlar nashr etiladi.Institut olimlari xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan o‘quv jarayonini takomillashtirish va ilmiy tadqiqotlar ishlarni hamkorlikda olib borish borasida aloqalar o‘rnatgan. Jumladan Shotlandiya qishloq xoʻjaligi kolleji va TEMRUS-DESPES loyihasi bo‘yicha Niderlandi-yaning Vagenigen universiteti bilan hamkorlik qiladi; shuningdek Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti olimlari bilan hamkorlikda BASIS loyihasida ham ishtirok etadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil