Andijon davlat pedagogika instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andijon davlat pedagogika instituti (qisqartmasi ADPI) — Pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti.

INSTITUT TARIXI[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijon davat pedagogika instituti
(ADPI)
Asl nomi Andijon davat pedagogika instituti
Xalqaro nomi Andijan state pedagogical institute
Asos solingan 2021
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich
Talabalari 9585
Fakultetlar 7
Bakalavriat 22
Magistratura 12
Fan doktorlari 74 ta
Professorlar 10 ta
Manzili Andijon shahar, Taxtako'prik MFY, Do'stlik ko'chasi 4-uy Andijon, Andijon viloyati O'zbekiston Respublikasi
Vebsayti https://www.adpi.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi 187-son qarori asosida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 15-iyundagi buyrugʻi bilan tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Mahmudjonovich Rasulov Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

Bu davrda institutda 3 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi, Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim hamda tillarni o’qitish metodikasi, Ijtimoiy fanlar, san’at va sportni o‘qitish metodikasi) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 2022-yil 21-iyundagi PQ–289-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra, Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat Pedagogika instituti tashkil etildi.

Bu davrda institutda 5 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlar, Maktabgacha ta’lim, Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san’at, Jismoniy madaniyat, Pedagogika fakultetlari) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.

Hozirda institutda 7 ta fakultet 15 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.

Fakultetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiiy fanlar fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta`lim sohasining yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qaroriga muvofiq, Andijon davlat universitetining pedagogika ta`lim sohasi bakalaviriyat ta`lim yo‘nalishlari va magistratura  mutahasisiliklari negizida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etilganligi munosabati bilan, 2021- yilda “Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi” fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. 2022-yil 21 iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-289 sonli qaroriga asosan fakultet nomi “Aniq va tabiiy fanlar” fakultetiga o‘zgartirildi. 2021-2023-yillarda “Biologiya”, “Kimyo”, “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari”, “Matematika va informatika”, “Fizika va astranomiya” va “Texnologik ta`lim” yo‘nalishlari bo‘yicha mutahasislar tayyorlangan. 2023-yilda Pedagogika instituti strukturasiga o’zgartirilish kiritilishi munosabati bilan “Tabiiy fanlar” fakulteti shakllandi. 2023-2024 o‘qub yilida fakultetda “Biologiya”, “Kimyo” va “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” yo‘nalishlari mavjud.[tahrir | manbasini tahrirlash]

BAKALAVRIAT TA’LIM YO'NALISHLARI[tahrir | manbasini tahrirlash]

1)60110800-Kimyo (Pedagog,kimyo fani o’qituvchisi)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2)60110900-Biologiya (Pedagog,biologiya fani o’qituvchisi)[tahrir | manbasini tahrirlash]

3) 60111000-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari (Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fani o’qituvchisi)[tahrir | manbasini tahrirlash]

FAKULTET TARKIBIDAGI KAFEDRALAR[tahrir | manbasini tahrirlash]

Biologiya va geografiya o`qitish metodikasi (kafedra mudiri (PhD) M.J.Abduraxmonova)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kimyo o`qtish metodikasi (kafedra mudiri (PhD) N.T.Mo`ydinov)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fakultetda hozirgi kunda 1 nafar professor, 2 nafar dotsent, 4  nafar PhD, katta o‘qituvchi va assistenlar faoliyat yuritib kelishmoqda. Ilmiy salohiyat  30% foizni tashkil etadi.[tahrir | manbasini tahrirlash]

TO‘GARAKLAR FAOLIYATI[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiiy fanlar fakulteti tarkibidagi kafedralarda bugungi kunda “Yosh kimyogarlar”, “Geoturizm”, “Yosh Floristik va resursshunoslar”,  fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib, ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar 90 dan ortiq iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari  turli to‘plamlarda chop etilmoqda. To‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiat sohiblari va turli tanlovlar g‘oliblari yetishib chiqmoqda.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka, turlari bo‘yicha  fakultetda to‘garaklar  faoliyat ko‘rsatib kelmoqda sport to‘garaklarda 100 dan ortiq talabalar o‘zlarining qiziqishlariga ko‘ra ishtirok etmoqda.[tahrir | manbasini tahrirlash]

YUTUQ VA G‘ALABALAR[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-2024 oʻquv yilida Abduxalilova Madinaxon Abdurayim qizi - Biologiya yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Islom Karimov davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan.[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-2024 oʻquv yilida Xoliqberdiyeva Shaxrizoda Baxromjon qizi - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi. Bobur nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan.[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Yil talabasi-2023 “respublika tanlovining institut bosqichida  “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”nominatsiyasi bo‘yicha. 3-o‘rini  Qodirov Islombek Adahamjon o‘g‘li Biologiya yoʻnalishi 3-bosqich talabasi egalladi.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butunjahon talabalar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Talaba Fest-2023”doirasida institut talabalari (kechki, sirtqi, kunduzgi) o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabalaridan iborat "Beruniy izdoshlari" jamoasi faxrli I-o‘rinni qo‘lga kiritdi.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butunjahon talabalar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Talaba Fest-2023”doirasida institut talabalari (kechki, sirtqi, kunduzgi) o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat Quiz” intellektual o‘yinida Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabalari iborat "Beruniy izdoshlari" jamoasi faxrli I-o‘rinni 3-bosqich kimyo ta’lim yo‘nalishi iborat "Kimyogarlar" jamoasi esa III-o‘rinni qo‘lga qo‘lga kiritdi.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butunjahon talabalar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Talaba Fest-2023” doirasida institut talabalari (kechki, sirtqi, kunduzgi) o‘rtasida shashka sport turi bo‘yicha o‘g'il bolalar o‘rtasida Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari taʼlim yoʻnalishi 1-bosqich talabasi Mansurov Zavqiddin faxrli III-o‘rinni egalladi.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butunjahon talabalar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Talaba Fest-2023” doirasida institut talabalari (kechki, sirtqi, kunduzgi) shaxmat sport turi bo‘yicha qizlar o‘rtasida Kimyo ta’lim yo‘nalishi talabasi Ashuraliyeva Nigora faxrli I-o‘rinni egalladi.[tahrir | manbasini tahrirlash]

MAQSADIMIZ[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fakultet jamoasi yetakchi va tayanch maqomida harakat qiladi va ta’limga oid davlat siyosatida asosiy ijrochisi va tashabbuskori boʻlib, ta’lim orqali jamiyat hayotini yaxshilash maqsadida malakali, yuqori kompetensiyali pedagogik kadrlar tayyorlashga intiladi. Shu maqsadda quyidagilarni amalga oshiradi:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ta’lim tizimini yuqori saviyada olib borish, bitiruvchilarning mehnat bozorida raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishlariga erishish;[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ta’lim tizimiga zamonaviy pedagogik va axbort texnologiyalarini joriy qilish va sifatli ta’limga erishish;[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ta’limda integratsiyani amalga oshirish  - STEAM va halqaro baholash tadqiqotlari asosida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash;[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yosh pedagogik kadrlarni ilmiy tadqiqotga yo‘naltirish, ilmiy salohiyatni oshirish;[tahrir | manbasini tahrirlash]

VAZIFAMIZ[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlatimizning ta’lim to‘g‘risidagi siyosatini qo‘llab quvvatlash, hukumatimiz rahbariyati olib borayotgan siyosatni qo‘llab quvvatlash, yurtimiz uchun hizmat qiladigan va obro‘sini dunyo miqyosida ko‘taradigan yoshlarni tarbiyalash. Fakultetimiz jamosi bilan birgalikda respublika  va xalqaro, milliy va mahalliy miqyosda yuqori ta'sir ko'rsatadigan tadqiqotlar bilan shug'ullanish.  O'quv dasturi va kimyo, geografiya, biologiya va pedagogika sohasidagi yangi  kashfiyotlar qilish va amliyotga tatbiq etish.  O‘qitishning yangi texnologiyalarini yaratish fanlararo integratsiya amalga oshirish yo‘llarini kengaytirish. Umumta’lim maktabalari, akademik litsey va professional ta’lim va boshqa jamoalar bilan samarali hamkorlik qilish. Salohiyatni oshirish  uchun ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish, Xalqaro miqyosdagi hamkorlikni oshirish. Rivojlangan davlatlar yevropoa, Osiyoning yetuk oliy o‘quv yurtlari bilan keng miqyosda tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butun umr bo'yi ta'lim olishga, axloqiy amaliyotga va o‘z kasbiga  sodiqlik, o'z sohalarida yetakchi bo'lishga qodir bo'lgan, global dunyoqarashga ega bo'lgan bitiruvchilarni tarbiyalash. Kollegial, inklyuziv, qo'llab-quvvatlovchi, moslashuvchan va ko'p madaniyatli muhitni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash, bu ijodkorlik, o'rganish va fikrlash, erkin fikrlashag ilhomlantiradigan madaniyatga eng yuqori darajadagi talabalar va xodimlarni tarbiyalash.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aniq fanlar fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pedagogika fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filologiya fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san'at fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktabgacha ta'lim fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jismoniy madaniyat fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻquv ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy-tadqiqot ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro hamkorlik aloqalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetning ilmiy-texnika bazasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy texnik loyihalar va grantlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy jurnallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Institut fahriylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]