Andijon agrofirmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Andijon agrofirmasi" Aksiyadorlik Jamiyati - kon-serva sanoati korxonasi. Andijon sh.da joylashgan. "Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi tarkibiga kiradi. Meva konservalari va sharbatlari, tomat qaylasi, jem, qiyomlar, turli xildagi tuzlama sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaradi. Korxona 1942 yilda Simfero-poldan evakuatsiya qilingan konserva zavodi negizida Andijon konserva zavodi nomi bilan tashkil etilgan. 1994 yildan hozirgi nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik ja-miyati. Dastlab faqat bochkalarda tuzlan-gan pomidor, qisman qiyom va povidlo ishlab chiqargan. 1946 yildan korxonaning i.ch. quvvati oshirildi, turli meva-sab-zavot konservalari i.ch. 20 mln. bankaga 494etkazildi. 1965—75 yillarda tomat sex-lari qayta qurilib, bir sutkada 1000 t gacha pomidorni qayta ishlash mumkin boʻlgan avtomat liniyalar oʻrnatildi, korxonaning yillik quvvati 106 mln. shartli banka mahsulotga yetkazildi. 1991 yilda meva sharbati i.ch. sexi ishga tushirildi. Korxonada har yili oʻrtacha 40,08 mln. shartli banka mahsulot ish-lab chiqariladi. Korxona huzurida chet el sarmoyalari asosida "Andijon durdo-nasi" meva sharbati ishlab chiqaradigan "Anglo-invest" hamda goʻsht konservasi ishlab chiqaradigan "ARM S" qoʻshma kor-xonalari ishlaydi. Korxona meva sharba-ti va konserva mahsulotlarini eksportga chiqaradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil