Andalusiylar masjidi
| Masjid | |
Andalusiylar masjidi جامع الأندلسيين | |
| Mamlakat | |
| Shahar | Fos |
| Koordinatalar | 34°03′47.5″N 4°58′5.6″W / 34.063194°N 4.968222°W |
| Yoʻnalishi | sunniy |
| Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
| Meʼmoriy uslub | Magʻrib meʼmorchiligi |
| Binokorlik | 859—860 |
| Asosiy sana: 956 (minora) 1207 (qayta qurilish) | |
| Minoralar soni | 1 ta |
| Minoralar soni | 1 ta |
| Holati | amaldagi |
| Tarovih | |
| Saharlik va iftorlik | |
Andalusiylar masjidi yoki Al-Andalusiyyin masjidi[1][2][3] (arabcha: جامع الأندلسيين), baʼzan Andalus masjidi deb ham ataladi[4] Marokashning Fos shahridagi eski medina qismi — Fos al-Balida joylashgan muhim tarixiy masjiddir.
Masjid 859–860-yillarda asos solingan boʻlib, u Marokashdagi eng qadimiy masjidlardan biri hisoblanadi. U tarixan Andalusdan kelgan muhojirlar bilan bogʻliq boʻlgan mahalla markazida joylashgan boʻlib, masjid nomi ham shundan kelib chiqqan. Shundan beri masjid bir necha bor taʼmirlanib va kengaytirilib kelgan. Bugungi kunda u Idrisiylar sulolasi davridan saqlanib qolgan kam sonli inshootlardan biri hamda shaharning asosiy tarixiy obidalaridan biridir.
Masjid minorasi 956-yilda qurilgan, binoning qolgan qismi esa asosan 1203–1207-yillar oraligʻida Almohadlar hukmronligi davrida qayta qurilgan. Keyingi davrlarda ham turli paytlarda qoʻshimcha qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixiy manbalarga, jumladan al-Jaznoiy maʼlumotlariga koʻra, masjid 859–860-yillarda (hijriy 245-yil) Maryam bint Muhammad ibn Abdulloh al-Fihriy tomonidan asos solingan. U Fotima al-Fihriyning singlisi boʻlib, Fotima oʻsha davrda Qaraviyyin masjidini ham bunyod etgan. Masjid qurilishi andalusiyalik kelib chiqishga ega boʻlgan bir guruh mahalliy aholi tomonidan berilgan qoʻshimcha mablagʻlar hisobiga ham amalga oshirilgan. Shu sababli masjid hozirgi nomini olgan[5](pp7–8).
Mazkur andalusiyaliklar 818-yilda shaharga qochqinlar sifatida kelgan boʻlib, ular Kordova shahridagi muvaffaqiyatsiz qoʻzgʻolondan keyin Kordova amirligi hukmdori al-Hakam I tomonidan amalga oshirilgan qattiq jazolardan qochib kelgan edilar[6]:46–47.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Petersen, Andrew „Fez“, . Dictionary of Islamic Architecture. Routledge, 1996 — 87-bet.
- ↑ „Jami' al-Andalusiyyin“. Archnet. 2021-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-yanvar.
- ↑ Bloom, Jonathan M.. Architecture of the Islamic West: North Africa and the Iberian Peninsula, 700-1800. Yale University Press, 2020. ISBN 9780300218701.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>tag; no text was provided for refs namedMezzine - ↑ Terrasse, Henri. La mosquée des Andalous à Fès (fr). Paris: Les Éditions d'art et d'histoire, 1942.
- ↑ Le Tourneau, Roger. Fès avant le protectorat: étude économique et sociale d'une ville de l'occident musulman (fr). Casablanca: Société Marocaine de Librairie et d'Édition, 1949.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vikiomborda „Mosque of the Andalusians“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.
| Masjid haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |