Anatoliy Bogdanov
Jump to navigation
Jump to search
Anatoliy Petrovich Bogdanov (1834.1(13).10, Voronej gubernyasi — 1896.16(28).3, Moskva) — rus antropologi va zoologi. Moskva universitetini tugatgan (1855), prof. (1863), Rossiyada antropologiya fanining asoschisi. Tabiat, antropologiya va etn. havaskorlari jamiyatining rahbari, Moskva universiteti zoologiya muzeyining direktori. B. 1867 yilda etnografiya, 1879 yilda antropologiya kurgazmasida antropologiya asboblari, Rossiyadagi qad. va hozirgi xalqlar bosh suyaklari kolleksiyasi va antropologiyasiga oid rasmlarni namoyish kiddi. B. Fedchenko ekspeditsiyasi tomonidan Markaziy Osiyoda toʻplangan antropologiyaga oid materiallarni ishlab chikdi va nashr qildi.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |