Anastasiya Grebyonkina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anastasiya Grebyonkina
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Anastasiya Grebyonkina
Davlat Armaniston Armaniston
Oldin vakil boʻlgan Rossiya bayrogʻi Rossiya , Latviya Latviya
Yashash joyi Moskva
Boʻyi 170
Oldingi sheriklari Vazgen Azroyan
Vitaliy Novikov
Erik Samovich
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 162.64
Qisqa dastur 49.86
Erkin dastur 83.90

Anastasiya Yuryevna Grebenkina (ruscha: Анастасия Юрьевна Гребенкина; 1979-yil 18-yanvar, Moskva) — muz ustida raqs boʻyicha turnirlarda ishtirok etgan figurali uchuvchi. Anastasiya Rossiya va Armaniston, shuningdek, qisqa vaqt davomida Latviya (1993—1994-yillar mavsumi, Latviya chempioni) vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anastasiya besh yoshida konkida uchishni boshladi. 12 yoshidan boshlab muz ustida raqsga tushishni mashq qildi. 1998-yildan xalqaro toifadagi sport ustasiga aylandi. Unga Natalya Dubova, Svetlana Alekseyeva, Natalya Linichuk murabbiylik qildi.

1996-yildan 1998-yilgacha Anastasiya Rossiya uchun Vazgen Azroyan bilan juftlikda musobaqalarda qatnashdi. Ular 1998-yilgi milliy chempionatda yettinchi oʻrinni egalladi. Koʻp oʻtmay, juftlik tarqaldi, Anastasiya Vitaliy Novikov bilan, Vazgen esa amerikalik Tiffany Hayden bilan juftlasha boshladi va Armaniston vakili boʻldi.

2003-yilda Anastasiya va Vazgen juftligi yana birlashinb, Armanistonni himoya qilishdi. Turli vaqtlarda ular Svetlana Alekseyeva, Rostislav Sinitsyn, Kristofer Din va Aleksey Gorshkov rahbarligida mashq qilishdi. Bu juftlikning oxirgi murabbiyi Aleksandr Julin edi. Juftlik Armanistonning uch karra chempioni va figurali uchish boʻyicha Gran-pri medalining birinchi arman gʻoliblariga aylandi (bronza NHK Trophy 2005).

Juftlik Turin Olimpiadasi ishtirokchilari boʻlib, u yerda 20-oʻrinni egalladi.

2007-yilda Anastasiya „Zvezda Imperii“ filmida Aleksandr III ning rafiqasi imperator Mariya Fedorovna rolini ijro etdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil sentyabr oyida Anastasiya IT texnologiyalari bilan shugʻullanadigan Yuriy Goncharovga turmushga chiqdi[1].

2010-yil iyun oyida ularning oʻgʻli Ivan dunyoga keldi[2].

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Armaniston vakili sifatida Azroyan bilan)

Musobaqa 2002 — 2003 ㅤ 2003 — 2004 ㅤ 2004 — 2005 ㅤ 2005 — 2006 ㅤ 2006 — 2007 ㅤ 2007 — 2008 ㅤ
Qishki Olimpiya oʻyinlari 20
Jahon chempionatlari 24 19 17 22
Yevropa chempionati 13 11 14 14 WD
Armaniston chempionati 1 1 1
Gran-pri bosqichlari: Xitoy kubogi 8 6
Gran-pri bosqichlari: Trophée Eric Bompard 9 9 9 6
Gran-pri bosqichlari: Rossiya kubogi 6
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 3
Turnirlar „Nebelhorn Trophy“ WD
Ondrej Nepela Memoriali 3
„Skate Israel“ turnirlari 3
Carl Shchefer Memoriali 1 6

WD = tanlovdan chiqarildi

(Rossiya vakili sifatida Novikov bilan)

Musobaqa 1999 — 2000 ㅤ 2000 — 2001
Rossiya chempionati 8
Gran-pri bosqichlari: Skate America 9
Turnirlar „Nebelhorn Trophy“ 6
„Skate Israel“ turnirlari 7
„Zlatna pirueta Zagreba“ turnirlari 4

(Rossiya vakili sifatida Azroyan bilan)

Musobaqa 1996 — 1997 ㅤ 1997 — 1998 ㅤ
Rossiya chempionati 4 7
„Skate Israel“ turnirlari 4
„Zlatna pirueta Zagreba“ turnirlari 3 2

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Фигуристка Анастасия Гребенкина выходит замуж!“. 12-sentabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyun 2010-yil.
  2. „Анастасия Гребенкина родила сына“. 3-iyul 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyul 2010-yil.