Anastasia Zarycká
| Anastasia Zarycká | |
|---|---|
|
| |
| Mamlakat |
|
| Tugʻilishi |
1998-yil 8-yanvar Praga, Chexiya |
| Ishlatadigan qoʻli | Oʻng qoʻl |
| Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori | $105,784 |
| Yakkalik bahslar | |
| Rekordi | 151–78 |
| Jami titullari | 4 ta ITF |
| Eng yuqori pozitsiyasi | 206-oʻrin (1-iyul 2019) |
| „Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari | |
| Australian Open | S1 (2019) |
| Wimbledon | S1 (2019) |
| US Open | S1 (2019) |
| Juftlik bahslari | |
| Rekordi | 64–38 |
| Jami titullari | 9 ta ITF |
| Eng yuqori pozitsiyasi | 189-oʻrin (25-fevral 2019) |
Anastasia Zarycká Polách (1998-yil 8-yanvarda Pragada tugʻilgan) — chexiyalik sobiq tennischi. 2017-yil aprel oyidan boshlab msobaqalarda Chexiya mamlakati sharafini himoya qilib kelgan[1]. Otasi ukrain, onasi esa chex millatiga mansub.
Sport faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlar oʻrtasidagi reytingda sportchi 2016-yil mart oyida 21-oʻringa koʻtarilishga muvaffaq boʻlgan. Zarycká tennischi Dayana Yastremska bilan birga 2016-yilgi Avstraliya ochiq chempionatining qizlar oʻrtasida juftlik bahsi finaliga chiqqan.
Kattalar oʻrtasidagi WTA reytingida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 206-oʻrin, juftlik yoʻnalishi boʻyicha esa 189-oʻrinni qayd etgan[2]. Zarycká ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 4 ta, juftlik yoʻnalishi boʻyicha esa 9 ta unvonni qoʻlga kiritgan[3].
Sportchi WTA Tur musobaqasi doirasidagi asosiy toʻr bahslarida ilk bor 2017-yilgi Praga ochiq turnirida qatnashgan. U musobaqada Tereza Smitková bilan juftlik bahsida ishtirok etgan.
Zarycká 2021-yil avgust oyida ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasida oʻzining professional sport faoliyatidagi soʻnggi uchrashuvini oʻtkazgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anastasia Zarycká 1998-yil 8-yanvarda Pragada tugʻilgan. Uning otasi ukrain, onasi esa rus. 2017-yil aprel oyida u Chexiya fuqaroligini olgan. Zarycká 9 yoshida tennis oʻynay boshlagan, shundan beri sportchi TK Sparta Praha klubining aʼzosi boʻlgan[4].
2022-yilda u Josef Poláchga turmushga chiqqan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]