Anastasia Dețiuc
| Anastasia Dețiuc | |
|---|---|
| Mamlakat |
|
| Tugʻilishi |
1998-yil 14-dekabr Kishinyov, Moldova |
| Boʻyi | 1.78 sm |
| Ishlatadigan qoʻli | Oʻng qoʻl |
| Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori | $295,950 |
| Yakkalik bahslar | |
| Rekordi | 170–113 |
| Jami titullari | 3 ta ITF |
| Eng yuqori pozitsiyasi | 352-oʻrin (3-fevral 2020) |
| Juftlik bahslari | |
| Rekordi | 253–174 |
| Jami titullari | 2 |
| Eng yuqori pozitsiyasi | 72-oʻrin (25-sentabr 2023) |
| Joriy pozitsiyasi | 78-oʻrin (3-noyabr 2025) |
| „Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari | |
| French Open | 3R (2024) |
| Wimbledon | 2R (2023, 2025) |
| US Open | 1R (2023, 2025) |
| Jamoa musobaqalari | |
| Fed Cup | 3–1 |
| Soʻnggi marta yangilandi: 4-noyabr 2025. | |
Anastasia Dețiuc (1998-yil 14-dekabrda tugʻilgan) — chex-moldovalik tennischi. WTA reytingida juftlik bahslari boʻyicha 2023-yil 25-sentyabrda 72-oʻrinni qayd etgan. 2016-yil yanvar oyida ITF oʻsmirlar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasi doirasida qoʻshma reytingda 22-oʻrinni band qilgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori natijalari hisoblanadi.
Sport faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moldova Fed Cup jamoasi safida (2018-yilgacha) oʻyin olib borgan Dețiuc musobaqalarda jami 4 ta oʻyindan 3 tasida gʻalaba qozongan va 1 tasida magʻlubiyatga uchragan.
2018-yil fevral oyda Dețiuc musobaqalarda Chexiya Respublikasi nomidan ishtirok etish uchun fuqaroligini almashtirgan.
2022
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anastasia Dețiuc Emilia-Romagna ochiq turnirining juftlik bahslarida Miriam Kolodziejová bilan birga ishtirok etgan va WTA Tur oʻyinlaridagi oʻzining ilk unvonini qoʻlga kiritgan. Ular final bahsida Arantxa Rus hamda Tamara Zidanšek juftligini magʻlub etgan[1].
2023
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anastasia Dețiuc Katta dubulgʻadagi ilk ishtirokini Fransiya ochiq chempionatida amalga oshirgan. Ushbu musobaqada u Andrea Gámiz bilan birga juftlik bahslarining birinchi davrasida amerikalik Alycia Parks va Peyton Stearns juftligiga oʻyinni boy bergan.
Sportchi Wimbledon musobaqasida ham tennischi Andrea Gámiz bilan zaxira juftlik sifatida ishtirok etgan va britaniyalik juftlik Freya Christie hamda Ali Collins ustidan yirik musobaqalardagi ilk gʻalabasini qayd etgan.
AQSh ochiq chempionatida Lauren Davis bilan juftlik bahsida ishtirok etgan Dețiuc birinchi setda gʻalaba qozonganiga qaramay, yakunda musobaqa chempionligini qoʻlga kiritgan Gabriela Dabrowski va Erin Routliffega birinchi davrada magʻlub boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Sherif wins Parma to become first Egyptian WTA champion“. Women's Tennis Association. Qaraldi: 2024-yil 7-noyabr.