Kontent qismiga oʻtish

Anarkali Kaur Honaryar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Anarkali Kaur Honaryar
Tavalludi XX asr
Fuqaroligi Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston
Taʼlimi Kobul universiteti
Kasbi siyosatchi, ayollar huquqlari himoyachisi va shifokor-stomatolog

Anarkali Kaur Honaryar (XX asr, Afgʻoniston) — sikhlardan boʻlgan afgʻonistonlik siyosatchi[1]. Bundan tashqari, Anarkali ayollar huquqlari himoyachisi va shifokor-stomatolog[2].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anarkali Afgʻonistonda tugʻilgan. Afgʻonistonda 30 mingga yaqin sikhlar va hinduiylar yashashadi[3]. Anarkali Afgʻoniston Milliy Assambleyasining musulmon boʻlmagan birinchi aʼzosi. 2001-yilda Tolibon hokimiyati agʻdarilgan paytda Anarkali Kobul universitetining tibbiyot fakultetida tahsil olgan. Tolibon hokimiyati qulaganidan keyin Anarkali Afgʻonistonning muvaqqat hukumatini tanlagan Loya jirgʻasi hamda Afgʻoniston Konstitutsiya qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan[4]. 2006-yilda Anarkali Afgʻoniston Inson huquqlari boʻyicha mustaqil komissiyasi aʼzosi boʻladi. 2010-yilda Anarkali mamlakatning Meshrano jirgʻasiga saylanadi va bunga erishgan musulmon boʻlmagan birinchi ayol hisoblangan, 2015-yil oʻrtalarida jirgʻadagi faoliyatini yakunlaydi. 2021-yilda Kobulning Tolibon tomonidan egallanishi paytida, yaʼni 2021-yil 22-avgustda Afgʻonistondan Hindiston kuchlari tomonidan qutqarilgan hindlar bilan birga Hindistonga kirib kelgan[5].