Anamnez
Anamnez (yun. anamnesis — xoti-ra) — bemorning oʻzidan yoki uni biladi-gan kishilardan shu bemorning hayot sha-roiti va kasallik tarixi haqida soʻrab toʻplanadigan maʼlumotlar. A. toʻgʻri diagnoz qoʻyishda eng muhim tekshi-ruv usullaridan biri. A.ga bemorning shikoyati, kasallikning boshlanishi va keyingi kechish davri, ilgari qanday ka-salliklar bilan ogʻriganligi, oilaviy sha-roiti, zararli odatlari (chekish, spirtli ichimliklar ichish), turmush, mehnat tar-zi, avlodlarning sogʻ yoki nosogʻligi va hokazo kiradi. Maʼlumotlarning yanglish berilishi kasallikka diagnoz qoʻyishni mushkullashtiradi va notoʻgʻri davolashga sabab boʻladi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |