Analgetiklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Analgetiklar

Analgetiklar (qadimgi yunoncha: ἀν va ἄλγησις analgetik moddalar) — ogʻriqni qoldiruvchi yoki kamaytiruvchi dorilar; farmakologik taʼsiriga koʻra narkotik va narkotik-mas Analgetiklar farq qilinadi. Narkotik analgetiklarga morfin, omnopon va uning sintetik oʻrindoshlari (promedol, fenadon va boshqalar) kiradi; ular turli ogʻriqlar, jumladan shikastlanish va boshqa hollardagi kuchli ogʻriqlarni ham qoldiradi. Narkotik Analgetiklar takror-takror qabul qilinganda odam unga oʻrganib, qumsaydigan boʻlib qoladi va bu narkomaniyaga sabab boʻlishi mum-kin. Narkotikmas Analgetiklarga kimyoviy tuzili-shi turlicha boʻlgan sintetik moddalar (amidopirin, analgin, fenatsetin, atse-tilsalitsilat kislota, paratsetamol va boshqalar) kiradi; bu xil Analgetiklarning narkotik Analgetiklarga Karaganda ogʻriq qoldiruvchi taʼsiri kuchsizroq boʻlib, asosan, nevralgiya tu-sidagi ogʻriklarda, mialgiya (muskullar yalligʻlanishi)da, tish va bosh ogrigida ishlatiladi. Narkotikmas Analgetiklar ogʻriq 467qoldirish bilan bir qatorda isitma tushi-shiga va yalliglanishni bartaraf etishga ham yordam beradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil