Anaerob infeksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Anaerob infeksiya (gaz-li infeksiya, gazli flegmona, xavfli shish) – jarohatlarning faqat kislo-rodsiz muhitda ko‘payadigan kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar – anaeroblar bilan zararlanishi; ko‘pincha jarohatlarga (asosan oyoq va dumbadagi) tuproq tushi-shidan paydo bo‘ladi, chunki tuproqda deyarli har doim Anaerob infeksiya qo‘zg‘atuvchilari saqlanadi. Majaqlangan yoki ezilgan to‘qimalar ko‘proq za-rarlanadi, chunki qon tomirlarga shikayet yetishi sabab-li jarohatlangan joyga kislorodga to‘yingan qon (arterial qon) kelishi to‘xtab qoladi. Anaerob infeksiyada yumshoq to‘qimalar tez shishib, unda gaz pufakchalari hosil bo‘ladi, keyinchalik to‘qimalar o‘ladi (qarang Gangrena). A.ning dastlabki belgilari: jarohat og‘riydi, to‘qimalar ko‘pchib ke-tayotgandek tuyuladi, shish keladi, 1 – 2 kundan keyin gavda temperaturasi ko‘tariladi. Anaerob infeksiya juda xavfli, shuning uchun bemorni darhol kasalxonaga yotqizish kerak.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil