Anadir yassitogʻligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search


Anadir yassitog‘ligi – Rossiya Federatsiyasining shimoli-sharqidagi yassitog‘lik. Ma-gadan viloyati Chukotka muxtor okrugida. Anadir daryosining yuqori oqimi va uning irmog‘i Yurumkuveem havzasida. Uz. 400 km ga yaqin, eni 130 km (Qutb do-irasida). Mutlaqbal. 800–1100 m, janubi-sharqida Shchuchiy va Osinovskiy (1221 m gacha) tizmalari eng baland tizmalar-dir. Yuzasi tekis. Gilli slanes, qumtosh, ohaktosh, bazalt, andezit va datsitlardan tarkib topgan. Ko‘p qismi tog‘ tundrasi va buta tundrasi bilan qoplangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil