Ana Rucner
Qiyofa
Ana Rucner | |
|---|---|
|
Rucner 2016-yilda | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi |
1983-yil 12-fevral |
| Leybllar | |
| Fuqaroligi | Xorvatiya |
| Veb-sayt | anarucner.com |
Ana Rucner (1983-yil 12-fevralda tugʻilgan) — xorvatiyalik violonchelchi.
U Bosniya va Gersegovina nomidan „Eurovision–2016“ tanlovida Dalal Midhat-Talakić, Deen va Jasmin Fazlić Jala bilan birgalikda „Ljubav je“ qoʻshigʻini ijro etgan[1]. Ular 2016-yil 10-may kuni birinchi yarim finalda chiqish qilgan, biroq final bosqichiga yoʻllanma ololmagan.
2017-yilda Zagrebdagi mahalliy saylovlarda Rucner Milan Bandić partiyasi roʻyxati boʻyicha nomzod sifatida qatnashib, Zagreb shahar kengashi aʼzoligiga saylangan[2].
U xorvatiyalik xonanda Vlado Kalember bilan turmush qurgan va ularning bir nafar farzandi bor[3][4].
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Expression (2012)
- Vječne uspavanke (2014)
- Croatian Heritage (2020)
- Balkanija (2025)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Brey, Marco „Dalal Midhat Talakić, Fuad Backović-Deen and Ana Rucner to represent Bosnia & Herzegovina“. EBU (2015-yil 25-noyabr).
- ↑ „U ZG skupštinu ulaze poznata glazbenica, bivše ministrice, proslavljeni filmski producent...“ (hr). dnevnik.hr. Qaraldi: 2017-yil 23-may.
- ↑ „Sandi i Marija uz svjetlost svijeća“. Javno (2008-yil 9-oktyabr). 2013-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-dekabr.
- ↑ „Kalember o razvodu od Ane Rucner: 'Bili smo u svemu odlični, ali...'“. Večernji list (2020-yil 18-fevral). Qaraldi: 2022-yil 9-iyul.