Damashq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(An Damaiscdan yoʻnaltirildi)
Damashq

arabcha: الشَّام,
qadimgi yunoncha: Δαμασκός,
lotincha: Damascus
Skyline of Damashq
Damashq
Bayroq
Damashq
Gerb
33°31′0″N 36°18′0″E / 33.51667°N 36.30000°E / 33.51667; 36.30000 G OKoordinatalari: 33°31′0″N 36°18′0″E / 33.51667°N 36.30000°E / 33.51667; 36.30000 G O
Mamlakat Suriya
Hukumat
 • Gubernator Bishr Al Sabban
Damashq xaritada
Damashq
Damashq

Damashq (arabcha: دِمَشْق) yoki Shom (arabcha: الشَّام; suryoniycha: ܕܪܡܣܘܩ; tarixiy nomlari — qadimgi yunoncha: Δαμασκός, lotincha: Damascus) — Suriya Arab Respublikasining poytaxt shahri. Damashq muhofazasining maʼmuriy markazi. Barada daryosi vodiysida, 690 m balandlikda joylashgan. Iqlimi subtropik, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 7—8°, iyulniki 26—27°, yillik yogʻin 227 mm. Aholisi 3 mln. kishi (1998), koʻpchiligi arablar; shuningdek, arman, kurd, cherkas, grek va boshqa ham yashaydi. Qad.da Misr, Falastin, Iroq, Arabiston yarim orolga karvon yoʻllari Damashq orqali oʻtgan. Damashqning besh ming yildan ortiq tarixi bor. Qadimda u Timaski, Temasgi, Dimaska, Karanaski deb ham yuritilgan. Oʻrta asr tarixchilari uni „Dunyo jannati“, „Sharq jannati“ deb atashgan. Misr firʼavnlari (mil. av. 16-asr), oromiylar (mil. av. 10-asr), ossuriylar (Ossuriya, mil. av. 132), bobilliklar (mil. av. 604), forslar (mil. av. 538), makedoniyalik Iskandar (mil. av. 332), Rim imperiyasi (64 yil), Vizantiya (5—7-asrlar), arab va turklar Damashqni birbir egʻallab oʻtganlar. Damashq umaviylar davri (661—750)da xalifalik markazi boʻlgan. Bu vaqtda shaharda hashamatli qasrlar, masjidlar qurilgan. Movarounnahr va Sharqning yirik faylasufi Abu Nasr Forobiy Damashq madrasalarida dars bergan. Damashqda abbosiylar, tuluniylar (9-asr), fotimiylar (10-asr), saljuqiylar (11-asr) hukmronlik qilgan. 1260-yilda Damashq mamluklar, 1401-yilda Amir Temur tasarrufiga oʻtgan. Mamluklar davrida (13—16-asrlarda) Damashq — savdo va hunarmandchilik (mato, qurol-aslahalar ishlab chiqarish, zargarlik buyumlari tayyorlash) hamda islomning tayanch markazlaridan boʻlgan. 1516-yildan 1918-yilgacha Usmoniylar saltanati tarkibida boʻlgan. 1918-yil 1-oktabrda Hijoz qoʻmondoni amir Faysal askarlari Damashqni egʻalladi. Suriya 1920-yilda Fransiya mandatligiga oʻtgach, Damashqga fransuz askarlari bostirib kirdi. Shu sababdan shahar chetidagi Maysalun degan joyda qattiq jang boʻldi; 1943-yilda Suriya mustaqillikka erishgach, Damashquning poytaxti boʻlib qoldi.

Damashq— yirik savdosanoat va moliya markazi, muhim transport yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Mamlakatdagi koʻpgina shaharlar hamda Bayrut, Ammon va Bagʻdod shaharlari bilann transport yoʻl va havo yoʻllari; Yevropa, Osiyo va Afrika bilan xalqaro havo yoʻllari orqali bogʻlangan. Shaharda toʻqimachilik, gilam toʻqish fabrikalari, sovungarlik, farmatsevtika, elektrokabel, sement, oyna zavodlari, oziq-ovqat, avtomobil remonti, tikuvchilik, boʻyoq, koʻnchilik korxonalari; mis, oltin, kumushga badiiy ishlov berish, qurolaslaha tayyorlash ustaxonalari va boshqa bor. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati rivojlanmoqda. Damashq aholisi millati va diniga qarab mahallalarga boʻlingan. Shaharda Damashq va Arab akademiyalari, Suriya universiteti (1923), Sharq musiqasi instituti, Oliy pedagogika va Oliy politexnika bilim yurtlari, Harbiy akademiya, Milliy muzey (1919), Sharq turmushi muzeyi, butun Sharqqa mashhur bozor va rastalar, kutubxonalar, teatrlar va boshqa bor. Meʼmoriy yodgorliklardan arab-islom madaniyati durdonasi boʻlmish Umaviylar masjidi (705—715 yillar), Sulaymoniya takyasi (1554-1559 yillar), al-Azm saroyi (1749 yil) va boshqa saqlangan.[1]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil