Anʼanaviy iqtisodiyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Anʼanaviy iqtisodiyot — deyarli hamma mamlakatlar bosib oʻtgan tarixiy tizimdir. U hozirgi davrda ham koʻplab iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda mavjud boʻlib, ularda urf-odatlar, udumlarga, anʼanalarga asoslangan iqtisodiy jarayonlarga amal qiladi.

Ularda natural yoki mayda tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Bu erda ishlab chiqarish, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan oʻrnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi. Merosxoʻrlik va sulola (tabaqa) shaxslarning iqtisodiy rolida hukmronlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy turgʻunlik aniq ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni joriy qilish keskin cheklangan, chunki ular anʼanalar bilan ziddiyatli hisoblanadi va ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf tugʻdiradi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan diniy va madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi.

Bu erda shuni taʼkidlash lozimki iqtisod muammosini hal qilishning bir xil va umum tan olingan echimi mavjud emas. Xar xil madaniyat va tarixiy oʻtmish, har xil urf-odat va anʼanalar, qarama-qarshi mafkuraviy qarashlarga ega boʻlgan turli jamiyatlar aniq iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun turli xil tartiblardan foydalanadi.