Amrlar, o’n amr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amrlar, o‘n amr (Dikalog yoki Xudo Qonuni) - Tavrotga ko‘ra, Xudo tomonidan Misrdan chiqishning 50-kuni Sinay tog‘ida Musoga nozil qilingan amrlar. «O'n (10amr» Tavrotning bir-biridan uncha farq qilmagan holda ikki o‘rnida (sm. Isx. 20:2-17; Vtor. 5:6-21) keltirilgan. Bu xususida “Chiqish” kitobining 32-bobida: “So‘ngra Xudovand Musoga so‘zlashuvdan forig' bo‘lganidan keyin, Sino tog'ida ikkita shahodat lavhasini berdi. Xudovandning qo‘llari bilan yozilgan ikkita tosh lavha...” deyilgan. Yahudiylarga ko‘ra, Muso o‘z qavmini qo‘llari bilan yasalgan buzoqqa sig‘inayotganini ko‘rib, bundan g‘azablanib, uni uloqtirib tashlab sindirganidan keyin Xudo quyidagi O'n amrni qayta tushirgan: Ular: dunyoni yaratgan, yakka-yu yagona Yahvedan boshqa iloh yo‘qligiga imon keltirish; Yahvedan boshqaga ibodat qilmaslik; Xudoning nomini bo‘lar bo‘lmasga tilga olavermaslik; shanba kunini muqaddas bilib, u kunda dam olish; ota-onani hurmat qilish; qotillik qilmaslik; zino qilmaslik; o‘g‘rilik qilmaslik; o‘z yaqinlari (yahudiylar) haqqiga yolg‘on guvohlik bermaslik; o‘z yaqinlari uyiga, ayoliga, quliga, hayvonlariga, umuman unga tegishli bo‘lgan narsalarga ko‘z olaytirmaslik[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 35.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.