Kontent qismiga oʻtish

Amr ibn Dinor

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Amr ibn Dinar
عمرو بن دينار
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi taxminan hijriy 46-yil
Vafoti taxminan hijriy 126-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Hadis roviyi, Islom fiqhi

Amr ibn Dinor (arabcha: عمرو بن دينار‎; tax. 46—126 hijriy / 666—744 milodiy) – 7-asrda yashagan faqih. Makka muftiysi lavozimida xizmat qilgan tobein boʻlib, hadis rivoyatchisi sifatida tanilgan.

Amr ibn Dinorning aniq tugʻilgan yili nomaʼlum, ammo islomiy biografik lugʻatlarda u hijriiy 46-yilda (milodiy 666/667-yil) tugʻilgan deya taxmin qilinadi[1]. Banu Maddhij yoki Banu Juma qabilalarining mavlosi edi[2]. Yoshligida Ibn Abbos shogirdlarining, ehtimol Makka va Toifdagi darslariga qatnashgan[1]. Keyinchalik Ato ibn Abu Raboh va Tavus ibn Kaysandan tahsil olgan[2].

U VIII asr boshlarida olim sifatida shuhrat qozongan va Ato vafotidan keyin umaviylar tomonidan Makka muftiysi lavozimini taklif qilingan. Dastlab rad etgan boʻlsa-da, Atoning vorisi Qays ibn Saʼd vafotidan keyin ikkinchi marta bu lavozimga taklif qilinganidan keyin rozi boʻlgan[3]. Amrning eng koʻzga koʻringan shogirdi Sufyon ibn Uyayna boʻlib, uning tarjimai holiga oid maʼlumotlarining koʻp qismi aynan u orqali yetib kelgan[3].

Biografik asarlar uning gʻalati shaxsiyatga ega boʻlganini koʻrsatadi: u goʻyoki betartib tarzda savollarga javob berishdan bosh tortgan, talabalaridan uni masjidlarga kiritib-chiqarishni talab qilgan va noroziligini yigʻlab, oʻzini koʻr qilib koʻrsatish orqali ifodalagan[4] U oʻz fikrlarini oʻzgartirishga moyil boʻlgani sababli, talabalari uning qarashlarini yozib olishiga qarshi chiqqan[5]. Shuningdek, u orqali rivoyat qilingan hadislarni yozib olishni ham maʼqullamagan, garchi Ibn Uyayna kabi bir necha shogirdi uning hadislarini yozma shaklda yetkazgan boʻlsa-da[6].

Amr taxminan taxminan hijriy 126-yilda (milodiy 743/744-yilda) vafot etgan va uning oʻrniga Ibn Abu Najih muftiylik lavozimini egallagan[7].

  1. 1,0 1,1 Motzki, Harald. The Origins of Islamic Jurisprudence: Meccan Fiqh Before the Classical Schools. Brill, 2002 — 262–268-bet. ISBN 9789004121317. 
  2. 2,0 2,1 Motzki, Harald (2009-10-01). "ʿAmr b. Dīnār" (en). Encyclopaedia of Islam, THREE. https://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-3/amr-b-dinar-COM_22955. 
  3. 3,0 3,1 Motzki, Harald. The Origins of Islamic Jurisprudence: Meccan Fiqh Before the Classical Schools. Brill, 2002 — 262–268-bet. ISBN 9789004121317. 
  4. Motzki, Harald. The Origins of Islamic Jurisprudence: Meccan Fiqh Before the Classical Schools. Brill, 2002 — 262–268-bet. ISBN 9789004121317. 
  5. Uzunpostalci. „AMR b. DÎNÂR - TDV İslâm Ansiklopedisi“ (en). islamansiklopedisi.org.tr. 2020-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-avgust.
  6. al-Azami, Muhammad Mustafa. Studies in Early Hadith Literature: with a critical edition of some early texts. Indiapolis, Indiana: American Trust Publications, 1978 — 21, 79-bet. 
  7. Motzki, Harald. The Origins of Islamic Jurisprudence: Meccan Fiqh Before the Classical Schools. Brill, 2002 — 262–268-bet. ISBN 9789004121317.