Amper-soat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Amper-coatdan yoʻnaltirildi)

Amper-soat — elektr miqdorining tizimga kirmagan birligi. Amper-soati elektr tok kuchi bir amper boʻlganida bir soat davomida oʻtkazgichning koʻndalang kesimidan oʻtgan elektr zaryadiga teng. Akkumulyatorlar zaryadi odatda amper-soat bilan ifodalanadi.